297
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar)
sotib olib, ularni
mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi
mamlakatdan tovarlarni
o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga
qayta sotish uchun sotib
olishi.
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat?
2.
Ichki va tashqi savdoning qanday farqi mavjud?
3.
Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
4.
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi?
5.
Xalqaro savdodagi sun’iy to‘siqlarni tavsiflang.
6.
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday?
Ularni
taqqoslang.
7.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qanday?
8.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyada O‘zbekistonning ishtirok etishi
imkoniyatlarini aniqlang.