300
pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi.
Oltin standart sharoitida, turli
mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha
o‘rnatiladi.
Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valuta sohasini tartibga solishning
o‘zaro maqbul yo‘lini topishga harakat qilindi. YAngi jahon valuta tizimi asoslarini
ishlab
chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi
davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bog‘liq
valuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va
bu ko‘pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi.
Mazkur tizim oldingi oltin
standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valuta standart (AQSH
dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valutaning qayd
qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘shatadi. Xalqaro valuta tizimidagi
bu o‘zgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi
kelishuvga binoan huquqiy
jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar oltinga
almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valuta kursi ham har qanday boshqa
baho kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Har qanday valuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valuta kursi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: