U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

asosiy sub’ektlari
uchta guruhga 
bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo‘jaliklari
– 
iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy 
tarkibiy birlik.
Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori
– bu daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir.
U ish yuritish uchun o‘z 
kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan 
olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. 
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga 
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir 
alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.
16
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro 
ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (7-chizma). 
16
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. 
Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.;


76 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin