117
8.1.3 Namlikni o‘lchash
Kimyo-texnologiya, qishloq xo‘jalik va
chorvachilik mahsulotlarini
hamda ishlab chiqarish xonalarining namligini bilish (misol uchun
to‘qimachilik kombinatlarida) muhim ahamiyatga ega.
Materiallarning namligi uning massa birligidagi absolyut yoki nisbiy namligi
bilan belgilanadi. Jismning absolyut namligi deb uning birlik massasidagi
suv bug‘lari massasiga va nisbiy namlik deb absolyut namlikni bo‘linishi
mumkin bo‘lgan eng katta namlik nisbatiga aytiladi.
Namlik o‘lchovi asboblar elektr o‘tkazuvchanlik (konduktometrik),
elektrik singdiruvchanlik (dielkometrik) va yordamchi
moddalarning elektr
va mexanik parametrlarini o‘lchash asosida quriladi.
Havoning absolyut va nisbiy namligini o‘lchashda ko‘p hollarda
yarimo‘tkazgichli litiy xlorid o‘zgartgichdan foydalaniladi. U himoyalovchi
plenka(parda) bilan qoplangan termorezistorlardan iborat.
Termorezistorlar ustiga litiy xloridning to‘yingan
eritmasi shimdirilgan
shisha tolali vtulka o‘rnatilgan. Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o‘tkazgich
o‘rnatilgan. O‘zgartgich havo kirishi mumkin bo‘lgan korpusga
joylashtirilgan bo‘ladi.
O‘zgartgich quyidagicha ishlaydi. Ma’lum haroratda litiy eritmasi havoning
namligini so‘radi. O‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda litiy xloridning
harorati oshadi va u kristallanib o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Xlorid litiyni
o‘tkazuvchanligi kamayishi oqibatida atrof muhitdan namlikni tortib olishiga olib
keladi.
Binobarin litiy xloridning va uning ichidagi namligiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun
o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.
Sochiluvchan massalar misol uchun bug‘doy, sholi, dorivorlar,
kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartgichlar
asosida nam o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan.
Sochiluvchan material
namunasi silndrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi
dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini
118
buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni
namuna namligiga proporsional bo‘ladi.
Shuning uchun asbob
o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi.
Hozirgi vaqtda tuproq va boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz
o‘lchash uchun radioizotop nam o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop
manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul
qiluvchi uskuna sifatida
sekinlashgan neytron hisoblagichlari qo‘llaniladi.
Radioizotop nam o‘lchagichlar bilan tuproq, havo va turli
sochiluvchan materiallar namligini 1 dan 100 % diapazongacha, 0,5 %
xatolik bilan o‘lchash mumkin.
Oxirgi vaqtda o‘ta yuqori chastotali nam o‘lchagichlardan ham
foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: