Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari 
Suyuqlik 
va 
to‘kiluvchan(donador) 
materiallarning 
sathini 
o‘lchash 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda eng ko‘p echiladigan va muhim 
masalalardan biridir. Chunki texnologik jarayonlarning to‘g‘ri kechishini nazorat 
qilish, zarurat bo‘lganida sathning bir xilligi(o‘zgarmas bo‘lishini) ta’minlash, 
baklar va idishlardagi suyuqlikning miqdorini aniqlash imkonini beradi.
O‘lchanadigan materiallar xossalarini va ushbu maqsad uchun 
qo‘llanadigan sath datchiklarining konstruktsiyasini aniqlash. 
Suyuqliklar sathini o‘lchash bo‘yicha oddiy asbob ko‘rsatuvchi oynalar, 
ya’ni tutash idishlar kabi ishlaydigan elementlar qo‘llanadi. 
O‘lchashlarning usuli bo‘yicha sath o‘lchagichni beshta asosiy guruhga 
ajratish mumkin: qalqovuchli, gidrostatik sath o‘lchagich, ularning ishlashi 
suyuqlik qatlamining statik bosimi yoki sathlar farqini o‘lchashga asoslangan; 
turli rusmdagi elektrli, radioizotopli va ultratovushli sath o‘lchagich. 
Qalqovuchli sath o‘lchagich (8.21-rasm,a) jihozining soddaligi uchun ham 
keng tarqalgan. Ularning asosiy elementi bo‘lib ichi bo‘sh idish ko‘rinishiga ega 
suyuqlikning yuzida suzib yuruvchi P qalqovich xizmat qiladi. 
Qalqovich D potensiometning surgichi bilan mexanik bog‘langan. Qalqovich 
holatini o‘zgartirganida D potensiometr surgichining siljishi yuzaga keladi va 
shkalasi sathning o‘lchov birligida darajalangan IP asbobning kuchlanishini 
o‘zgartiradi. 


110 
8.21-rasm. Sath o‘lchagichlarning sxemalari: 
a — qalqovuchli reostati bilan; b —sig‘im datchikli. 
Sig‘imli sath o‘lchagichlarning ishlashi o‘lchanayotgan muhitga tushirilgan
kondensator sig‘imining cheklanishiga asoslangan. Sig‘imli sath o‘lchagichning 
sezgir elementi bo‘lib (8.21-rasm, b) suyuqlik sathi o‘zgarganida o‘zining 
sig‘imini o‘zgartiradigan kondensator hisoblanadi. Sezgir element (datchik) 1 
izolyatsiali material bilan qoplangan 2 metalli sterjendan(elektroddan) iborat. 
Aniqlash muhiti ichiga joylashtirilgan, suyuqlikning h sathiga bog‘liq, idishning 
devorlari bilan birgalikdagi sig‘imi kondensator hosil qiladi.

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin