106
8.19-rasm. Sinxronizatsiyani boshqarish tugmalari.
kanal II signali bilan amalga oshiriladi. Birinchi variant ba‘zan biroz yaxshiroq
ishlaydi, shuning uchun biz birinchi kanal signalini barqaror sinxronlash uchun
etarlicha katta bo‘lishini ta'minlashimiz kerak. Aksariyat ko‘p hollarda
sinxronlashning ushbu rejimini, jumladan "I" dastagini(tugmachasini) ezib ulashni
bajarishimiz kerak.
2 - tashqi sinxronlash. Nurning harakatlanishi maxsus ossillografni sinxronlovchi
kirishiga tashqi manbadan beriladigan impulslar bilan sinxronlanadi. Ushbu rejim
ba'zan o ‘ziga xos(spetsifik) signallarni o‘rganish uchun talab qilinadi.
Tashqi
sinxronlash manbai bo‘lmasa, barqaror tasvirni olmishning iliji bo‘lmaydi. "0,5-5"
va "5-50" dastaklari(tugmalari) sinxronlashning tashqi manbasidan kirish
kuchlanishi
poyonini
belgilaydi(aniqlab
beradi).
"X-Y"
dastagi(tugmasi)
kanallarni tasvirlarini boshqarishning "II X-Y" dastagi(tugmasi) bilan birgalikda
kanal II ning signalini gorizontal yoyish plastinalariga(ekranni boshqarish uchun)
beradi. Mazkur rejimda Lissaju shakllarini ekranda kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.
3 - "Sinxronlash darajasi" dastagi(tugmasi). Sinxronlash kuchlanishini o‘rnatadi
(Rasm. 5). Ushbu dastakning ezilgan(botirilgan) holatida yoyish avtomatik
ravshda bajariladi (aynan rasmdagi kabi). Bunday holda,
sinxronlash amalga
107
oshmasa ham, nur harakat qiladi. Harakatning boshlanishida, nur sinxronlanish
onidan oldin kechiktiriladi, biroq keyinchalik u baribir harakatga kela boshlaydi.
Bu "yumshoq" rejim bo‘lib, ishlash uchun qulayroqdir,
chunki nur har doim
ko‘rinuvchi bo‘ladi. Dastakning(tugmaning) sug‘irilgan holatida, kutuvchi yoyish
faollashtiriladi. Ushbu rejimda sinxronlash amalga oshirilgunga qadar nur
harakatlanishini boshlamaydi. Sinxronlash sodir bo‘lmasa, nur harakat qilmaydi.
Ushbu rejim aperyodik signallarni kuzatish uchun juda mos keladi. Ushbu
tugmaning ekrandagi tasvirga ta'siri Rasm. 4 va 5 larda ko‘rsatilgan.
4 – sinxronlanishning "qutbliligi". Aslida, "+" va "-" belgilari boshqa narsani
anglatadi. Ya’ni, «+» holatida sinxronlash old tomon(front) bo‘yicha, ya’ni kirish
kuchlanishining ko‘tarilishi ("-" dan "+" ga o‘zgartirish kiritilganida)
belgilangan
qiymatgacha ortganida("Sinxronlanish darajasi" dastagi bilan), 8.20-rasm.
"-" holatida (pozitsiyasida) kirish kuchlanishining tushishida ("+" dan "-" gacha
o‘zgarishida) sinxronlash boshlanadi. Ossillografda sinxronlash zanjirida ikkita
turli xil sxemalar qo‘llaniladi: biri kirish kuchlanishining belgilangan kuchlanishga
tengligini aniqlaydi va agar teng bo‘lsa, nurni harakatga keltiradi. Ushbu
kuchlanish "Sinxronlanish darajasi" tugmasi bilan o‘rnatiladi. Ikkinchi sxema esa
kirish kuchlanishining qanday o‘zgarib
borayotganini, u ortib borayotganligini
yoki kamayayotganligini aniqlaydi. Va shunga mos ravishda, birinchi sxemaning
ishga tushishiga ruxsat beradi.
5 – Sinxronlashni kirishining rejimi. Ham tashqi,
ham ichki sinxronlashga
tegishli. «~» holatida kirish yopiladi va sinxronlanish faqat o‘zgaruvchan
kuchlanishidan kelib chiqadi. «
» holatda, sinxronlash sxemasi ishlashi uchun
kirishga ham o‘zgaruvchan ham o‘zgarmas kuchlanish ta’sir qiladi. «НЧ
»
rejimi ham aynan shunday, lekin signal sinxronlanish zanjirga past chastotali
filtrlar orqali kiradi zatsiya devoriga, u yuqori chastotali shovqinni kesadi.
Rejimi
aynan bir xil, lekin signal sinxronlash zanjiriga yuqori chastotali
shovqinni kesadigan past chastotali filtr orqali kiradi. Ushbu rejim ba’zi
ossillograflarda mavjud emas.
6 – Tashqi sinxronlash signalini uzatish uchun kirish.
108
8.20-rasm. Sinxronlashning "Qutblanishi".
Dostları ilə paylaş: