Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Fazalar 
siljishini 
o‘lchashda 
kanal 
II 
dagi 
signalni 
teskari 
aylantirish(invertorlash) kerak, chunki kanal II kanal I ga nisbatan 
qarama-qarshi ulangan bo‘ladi. 
3. Ossillografni boshqarish
C1-83 ikki kanalli Ossillografning old panelini ko‘rib chiqamiz(8.12-rasm). 
8.12-rasm. C1-83 rusumli ossillografining oldingi paneli. 
А – I kanalni boshqarish;
B – kanallar ko‘rsatishni nazorat qilish;
C – II kanalni boshqarish; 
D – yoyishni boshqarish; 


100 
Е –sinxronizatsiyani boshqarish; 
G –ekran nurining ravshanligini, fokuslanishini va ekranni yoritishni rostlab 
o‘rnatgichlar. 
Ossillograf ekranining kataklarga bo‘linganligi aniq ko‘rinib turibdi. Bu 
kataklar bo‘linmalar deb ataladi va o‘lchovlarda qo‘llaniladi: ularga barcha 
vertikal va gorizontal o‘lchamlar bo‘yicha masshtablar biriktirilgan. Vertikal 
o‘lchov - har bir bo‘linma uchun voltda (V/bo‘l yoki V/bo‘l), bo‘linishning 
ikkinchi gorizontal o‘lchovi bo‘linma-sekundlarda(milli- va mikrosekundlarda). 
Odatda ossillografda gorizontal bo‘yicha 6-10 ta bo‘linmalar va vertikal 
bo‘yicha 4 ... 8 bo‘linmalar mavjud. Markaziy vertikal va gorizontal chiziqlar 5 
yoki 10 qismga bo‘linadigan qo‘shimcha chiziqlarga ega (8.13-rasm, 8.12-rasmda 
ham ko‘rinadi). Chiziqlar aniqroq o‘lchash uchun xizmat qiladi, ular bo‘linmaning 
ulushlaridir. 
8.13-rasm. Ossillograf ekranining bo‘linmasi. 
Ikkala kanalning ham nazorati(boshqarilishi) bir xil. Buni I kanal misolida ko‘rib 
chiqamiz(8.14-rasm.). 


101 
8.14-rasm. I kanalni boshqaruvchi tugmachalar(moslamalar, murvatlar). 
1. Kirish rejimidagi ulab-uzish kaliti. "
" ning yuqori holatida kirishga 
o‘zgarmas ham o‘zgaruvchan ham kuchlanish ulanishi mumkin. Bu "ochiq 
kirish" deb nomlanadi, ya‘ni o‘zgarmas tok uchun ochiq. Pastki "~" pozitsiyasida 
esa faqat o‘zgaruvchan kuchlanish keladi, bu kichik o‘zgaruvchan kuchlanishni,
katta o‘zgarmas kuchlanish fonida, masalan, kuchaytirgichlarda, o‘lchash 
imkonini beradi. 
Bu juda oddiy amalga oshiriladi: kuchaytirgichning kirishi kondensator orqali 
ulanadi. Bu "yopiq kirish" deb nomlanadi. Shuni hisobga olish kerakki, kirish 
yopiq bo‘lganida, juda past chastotalar (1 ... 5 Gts dan past) kuchli zaiflashadi, 
shuning uchun ular faqat kirish ochiq bo‘lganda o‘lchanishi mumkin. Ulab-uzish 
kalitning 1 o‘rta holatida Ossillograf o‘rta kirishi kirish ulagichidan uziladi va 
yerga zaminlanadi(yerlanadi). Bu esa, 7-dastaki buragichdan foydalanib yoyish 
liniyasini kerakli joyga o‘rnatish imkonini beradi. 
1.
Kanalning kirish ulagichi. 
3, 4, 5, 6. vertikal og‘ish kanalining sezgirligini rostlagich(vertikal yo‘nalishdagi 
masshtab). 4 Ulab-uzish tugmasi masshtabni pog‘onali(bosqichma-bosqich) 


102 
o‘rnatadi. Unga o‘rnatiladigan qiymatlar uning o‘zining yonida yozib 
qo‘yilgan(joylashgan). Tanlangan qiymatni 5 tugmacha holati bildiradi(ko‘rsatadi). 
Rasmdagi tasvirda 0,2 volt/bo‘linma qiymati ko‘rsatilgan. Kalit bilan birga bir 
o‘qda joylashgan 3 dastak masshtabni ravon tarzda 2 ... 3 barobar kamaytirish 
imkonini beradi. Chetki o‘ng holatda(8.14-rasmda "ravon"(silliq) dastagi aynan 
o‘zida joylashadi) bu dastak aniq fiksatsiyaga ega. U holda vertikal bo‘yicha 
masshtab aniq 4 ulab-uzgich holati bilan teng bo‘ladi. 6 –qavs bilan ajratib 
ko‘rsatilgan masshtablarning qiymatlari – bo‘linma - milivoltlarda keltirilgan, bu 
haqida "
mV
" yozuvi axborot beradi. belgili 7-dastak ikkita funktsiyaga ega. U 
aylanganida kanalning grafigini vertikal yuqoriga yoki pastga siljitadi. "Yuqoriga 
tortilgan(sug‘irilgan)" holatda (8.15-rasm.) o‘lchovning vertical bo‘yicha 
masshtabi x1-ni o‘rnatadi, botirilgan holatda ko‘paytma x10-ni o‘rnatadi. 
Botirilgan va sug‘irilgan holatlar ramziy ma’noda dastakning ostida va dastakning 
ustida ko‘rsatilgan. 
8.15-rasm. Vertikal bo‘ylab o‘lchovning ko‘paytmasi dastakning "x1" 
holatiga(pozitsiyasiga) o‘rnatilgan. 
Kanal II (8.15-rasm.) kanal I ga o‘xshash: 
1 - kirish rejimidagi kalit; 


103 
2 - kirish ulagichi
3 – ravon(silliq) masshtabi; 
4 – pog‘onali (bosqichma-bosqichli) masshtab; 
5 - nurni vertikal ravishda siljitish va masshtabning ko‘paytmasi. 
8.16-rasm. Kanal II ni boshqarish tugmalari. 
Ammo ikkinchi kanalda qo‘shimcha 6 ulab-uzish tugmasi(kalit) mavjud, u 
o‘z kirish signalini invertorlash imkonini beradi. Tugmachaning bosilgan(ezilgan)
holatida kanal odatdagidek ishlaydi va yuqoriga tortilgan(sug‘irilgan) holatida
invertorlanadi(teskarilanadi), ya‘ni manfiy kirish signalida nur yuqoriga 
ko‘tariladi(harakatlanadi) 
va 
musbat 
kirish 
signalida 
esa 
nur 
pastga 
tushadi(harakatlanadi). Bu, masalan, fazalar siljishini o‘lchashda zarur. 8.17-
rasmda tugmalaridan biriga bosish bilan belgilanadigan kanallarning ekrandagi 
tasvirini(shaklini) nazorat qilish ko‘rsatilgan. 


104 
8.17-rasm. Kanallar ko‘rsatilishini nazorat qilish(boshqarish). 
1 – Faqatgina kanal I ishlaydi, II kanal o‘chirib qo‘yilgan. 
2 - Har ikkala kanal ham bir vaqtning o‘zida ekranda ko‘rsatiladi (nur kanallar 
orasida juda tez o‘zgaradi(qayta uzib-ulanadi)) va har ikki kanalning 
osillogrammalarining o‘zaro joylashishi(pozitsiyasi) to‘g‘ri. Ushbu rejimda biz 
fazalar siljishini on‘lchashimiz mumkin. 
3 - Ossillograf kanallardagi signallarning yig‘ndisini yoki farqini(ayirmasini) 
ko‘rsatadi (ikkinchi kanalning belgisi Rasm.8.16. da tutqich(dastak) 6 ning
holati(pozitsiyasi) bilan belgilanadi). 
4 - Har ikkala kanalning signallari ekranda ko‘rsatiladi(tasvirlanadi), lekin ular 
vaqt bo‘yicha mustaqildir, shuning uchun vaqt va fazalar siljishiga bog‘liq 
signallarni taqqoslash mumkin emas. 
5 - Faqat kanal II ishlaydi, kanal I o‘chirilgan. 
Yoyishni boshqarish paneli (8.18-rasm) nurni vertikal og‘dirish kanalining nazorat 
qilish paneliga o‘xshaydi. Bu, rasmni chapga-o‘ngga 
va birlashtiruvchi 
rostlagish(1 – pog‘onali(qadamli), 3 - ravon) yoyish tezligini (gorizontal o‘lcham) 
siljitish imkonini beruvchi tugma 4 ni o‘z ichiga oladi. Ulab-uzgich kalit 2 da 
o‘rnatilgan qiymat ko‘rinadi. Vertikal og‘dirish kanallarida bo‘lgani kabi, yoyish 


105 
tezligini 
o‘zgartirish 
tugmasi 
turli 
o‘lchov 
birliklariga 
ega: 
sekundlarda(soniyalarda) 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin