Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Kamchiliklari:
tashqi magnit maydonining ish rejimiga ta’siri sezilarliligi, 
massa va gabarit o‘lchamlarining kattaligi. 
O‘z-o‘zini sinash savollari 
1.
Chiziqli siljish o‘zgartkichlarning xarakteristikalarini tushintiring. 
2.
Generatorli o‘zgartirgichlar ishlash prinsipiga ko‘ra qanday guruhlarga 
bo‘linadi? 
3.
O‘lchash o‘zgartkichlari nimasi bo‘yicha klassifikasiyalanadi? 
4.
Induksion o‘zgartkichlar konstruksiyalarini tushuntiring. 
5.
Transformatorli o‘zgartkichlarning sxemalaridan qanday maqsadlarda 
foydalaniladi? 
8-bob. Noelektrik kattaliklarni elektr usulda o‘lchash. O‘lchash 
o‘zgartgichlari va datchiklar. 
 
8.1.Noelektrik kattaliklarni elektr usulda o‘lchash. 
8.1.1 Noelektrik kattaliklarni o‘lchash o‘zgartgichlarining asosiy 
xarakteristikalarini hisoblash 
Ossillograf bilan ishlash 
Ossillograf – kuchlanish shaklini vaqt bo‘yicha ko‘rsatuvchi asbob. Bundan 
tashqari u kuchlanish, tok, chastota, fazalar siljish burchagi kabi bir qator signal 
parametrlarini o‘lchash imkonini beradi. Ammo ossillografning asosiy foydal 
tomoni bu to‘lqin shaklini kuzatish imkoniyatidir. Ko‘pgina hollarda aynan to‘lqin 
shakli zanjirda nima sodir bo‘lishini aniqlash imkonini beradi. 8.1-rasm da 


87 
bunday vaziyatning namunasi ko‘rsatilgan. 
8.1-rasm. Murakkab signalning ossillogrammasi. 
Bunday holda, kuchlanish, ham o‘zgarmas, ham o‘zgaruvchan tashkil 
etuvchilarni o‘z ichiga oladi va o‘zgaruvchi tashkil etuvchilarning shakli 
sinusoidaldan uzoq. Ushbu signalda voltmetr larkatta xatolikka ega: o‘zgaruvchan 
tok voltmetrlari 2,2 voltsli kuchlanish, raqamli voltmetr esa - 1,99 voltni 
ko‘rsatgan. 
O‘zgarmas 
tok 
voltmetri 
4,8 
voltni 
ko‘rsatdi. 
Kuchlanishning 
haqiqiy(effektiv) qiymatini ossillograf ko‘rsatdi - 5.58 volt (raqamli 
ossillograflar kuchlanishni o‘lchash va natijalarni kompyuter formatida saqlash 
imkonini beradi). Bundan tashqari, oscillogramma signalning ba’zi xususiyatlarini, 
ya’ni:

signal impulsli tavsifga egaligi; 

signal manfiy qiymatlarni olmasligi (Ossillografning ochiq kirishga ega 
bo‘lgan usuli bilan o‘lchanganda); 

signal noldan 6,4 voltga va ushbu qiymatdan nolga qadar juda tez 
o‘zgarishi(vertikal og‘ish kanalining sezgirligi 2V/bo‘linma); 

impulslarning davomiyligi pauzalar(tanaffuslar) davomiyligidan uch 
barobar ko‘pligini ko‘rish imkonini beradi. 


88 
Umuman olganda, yuz marotaba eshitishdan ko‘ra, bir marta ko‘rish yaxshidir. 
Ko‘pchilik hollarda davriy signallar o‘rganiladi(tadqiq qilinadi) va biz ular haqida 
so‘z yuritamiz. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin