Elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlari
Elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlarida o‘lchanayotgan noelektrik kattaliklar
materialning magnit xossalari hisobiga unga proporsional bo‘lgan elektrik kattalik
(E.Yu.K yoki tok) ka va
R,
L,
C,
M
parametrlariga aylantiriladi. Qo‘llaniladigan
elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlaridan induksion, induktiv, transformator va
magnit qisiluvchi O‘O‘ keng tarqalgan.
Induksion o‘zgartkichlar
Elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanib, chiziqli yoki burchak tezligi
ularga proporsional bo‘lgan E.Yu.K yoki tokka aylantiriladi.
Induksion o‘zgartkichlar qo‘zg‘almas magnit va qo‘zg‘aluvchan g‘altak (7.4-
a, b
rasmlar) yoki qo‘zg‘aluvchan magnit va qo‘zg‘almas g‘altakli ko‘rinishida
(7.4-
c
rasm) yasalishi mumkin. Bu qurilmalar ko‘pincha
taxogeneratorlar
deb
ataladi.
Kamchiligi: xarakteristikaning nochiziqliligi, zamonaviy taxogeneratorlarda
xatoliklari 0,2 - 0,5 foizgacha.
7.4- rasm. Induksion o‘zgartkichlar konstruksiyalari.
85
Induktiv o‘zgartkichlar
Induktiv o‘zgartkichlarning ishlashi o‘lchanayotgan noelektrik kattalikni unga
proporsional
bo‘lgan
induktivlikka
aylantirishga
asoslangan.
Bunda
o‘zgartkichning chiqish induktivligi:
Induktiv
O‘O‘
mashinasozlik, transport va agrosanoat ishlab chiqarishida
chiziqli va burchak siljish, tezlik va tezlanishlarni o‘lchashda keng qo‘llaniladi.
Transformatorli o‘zgartkichlar
Transformatorli
o‘zgartkich
tarkibida
qo‘zg‘aluvchan
qism
bo‘lgan
transformator bo‘lib, uning o‘zaro induktivligi g‘o‘zg‘aluvchan qismning
koordinatasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
M = f
(x). Transformatorli o‘zgartkichlar
xuddi induktiv o‘zgartkichlar singari qo‘zg‘aluvchan magnit o‘zakli, chulg‘amli va
ekranli turlarga bo‘linadi (7.5 - rasm, a, b va c)
7.5-rasm. Transformatorli o‘zgartkichlarning sxemalari.
Afzalliklari:
chiqish quvvatining kattaligi, ishlashda ishonchliligi, turli
ekspluatasiya sharoitlarida parametrlarining stabilligi.
|