Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 Suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

 
8.1.2. Suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash 
 
Suyuqliklarning sathi asosan elektr sig‘im, ultratovush, elektromagnit
va reostat o‘zgartgichlar yordamida o‘lchanadi. Oddiy suv sathini o‘lchagichda 
ikkita ishchi C
i
va kompensasion C
k
kondensatorlar bilan o‘lchanadi. Sig‘im 
o‘zgartgich sinusoidal kuchlanish manbaiga ulanadi. Suv sathi o‘zgarganda
ishchi kondensatorning sig‘imi ham o‘zgaradi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amlari va C
i
, C
k
sig‘imlar ko‘prik 
sxema ko‘rinishida ulangan. Ko‘prik sxemasining o‘lchash diagonalidan
olingan kuchlanish kuchaytirgich K orqali sath bo‘yicha darajalangan
o‘lchov asbobiga beriladi.
Induktiv sath o‘lchagichlarda suyuqlik sath po‘kagi magnit o‘zakning 
holatini o‘zgartiradi. Induktiv o‘zgartgichlarda signal miqdori ancha katta
bo‘lganligi sababli kuchaytirgich talab qilinmaydi. Lekin o‘lchash diapazoni 
kattalashgan sari statik tavsifning nochiziqligi natijasida o‘lchash xatoligi kelib 
chiqadi. 
Bosimlar farqi asosida suyuqlik sarfini o‘lchashda taxometrik, issiqlik
ultratovush, lazer, elektromagnit va boshqa turdagi o‘zgartgichlardan 
foydalaniladi. Elektromagnit suv sarfi o‘zgartgichlarning ishlash tamoyili 


109 
elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo‘lib, unga muvofiq magnit 
maydonidan o‘tayotgan suyuqlik sarfiga proporsional EYuK elektrodlar 
yordamida o‘lchash kuchaytirgich K orqali o‘lchash asbobi O‘A zanjiriga
beriladi.
Afzalligi:
bunday o‘zgartgichlarda qo‘shimcha gidravlik qarshilik yo‘q, 
tezkor, ko‘rsatishi suyuqlikning fizik xossalariga deyarli bog‘liq emas. 
Kamchiligi:
qutblanishi va transformatsiya E.Yu.K lari hisobiga aniqlik 
yuqori emas. 
 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin