152
10-bob. Axborot – o‘lchash tizimlari.
O‘lchash texnikasida
mikroprotsessorlarni qo‘llash
10.1. Axborot-o‘lchash tizimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
AO‘Tlarining asosiy strukturalari
Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida nazorat qilinadigan
parametrlarning ko‘pligi va o‘zaro bog‘liqligi, jarayonlar sharoitlarining
o‘zgarib turishi va boshqa xususiyatlar tufayli alohida texnik vositalar yordamida
o‘lchash va boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning
uchun ishlab chiqarish
sharoitida ma’lumotlarni olish, uni qayta ishlash, saqlash va qulay shaklda
uzatish uchun maxsus texnik o‘lchash vositalari talab qilinadi.
Bu vositalar
axborot -o‘lchash tizimlari (AO‘T) deb yuritiladi.
AO‘T - o‘zaro funksional bog‘langan bir necha fizik kattaliklarni
o‘lchovchi o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalarning majmuasi bo‘lib,
axborotni olish va saqlash kabi vazifalarni bajaradi. AO‘T vazifasiga ko‘ra
o‘lchash axborotini to‘plovchi tizimlar, texnologik jarayonlarni
nazorat qiluvchi
tizimlar, diagnostik va teleo‘lchash tizimlariga bo‘linadi.
O‘lchash axborotini yig‘ish uchun mo‘ljallangan tizimlar o‘lchash
tizimlari deb ataladi. Nazorat qilish tizimlari ishlab chiqarish mashinalar
va tizimlari deb ataladi. Nazorat etish tizimlari ishlab chiqarish mashinalar
va agregatlarning parametrlaridan foydalanish jarayonida
avtomatik nazorat
qilish uchun mo‘ljallangan. Diagnostik tizim, mashina va jihozlarni ishga
yaroqligini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Teleo‘lchov
tizimlari uzoq
masofadagi ob’ektlardan o‘lchash axborotini olish uchun qo‘llaniladi.
AO‘Tlarning tarkibida EHM mavjud bo‘lib uning yordamida o‘lchangan
ma’lumotlarga ishlov berish, o‘lchash jarayonini boshqarishdan tashqari
butun kompleks ishlatilishini yagona algoritmga birlashtiradi.
SHuning uchun AO‘T tarkibiga kiruvchi
funksional qismlar energetik,
axborot, metrologik, konstruktiv va ishlatilishi bo‘yicha moslangan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari AO‘T funksional qismlarini birlashtirish uchun ularning elektrik,
magnit, mexanik va metrologik xususiyatlari ham unifikatsiyalangan bo‘lishi
153
kerak. Bu masalalarni standart interfeyslar (inglizcha muvofiqlashtirish so‘zidan)
yordamida bajariladi. AO‘Tlar uchun mo‘ljallangan interfeyslar o‘lchash
interfeyslari deb ataladi. Bunday interfeyslar mikroprotsessorlar asosida ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: