150
rostlanadigan EU iste’molchi-kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. Sath o‘zgarganida
sxemaning balansi buziladi va muvofiqlashmaganlik signali paydo bo ‘ladi, uning
faza va amplitudasi sathning o‘zgarish kattaliklariga bog‘liq. Juda(o‘ta) agressiv
muhitlarda ishlash uchun mo‘ljallangan va 100
o
C gacha va undan yuqori
temperaturalarda, 8 m gacha sathning o‘lchashini ta’minlaydigan, o‘lchashning
ruxsat etilgan asosiy xatoligi ±2,5 % bo‘lgan radioto‘lqinli
kuzatuvchi sath
o‘lchagichlar(RSU-60 rusumli) ishlab chiqiladi.
Akustik
, shu jumladan ultratovushli, sath o‘lchagich hozirgi vaqtda chekli
tarqalishga ega(keng tarqalmagan) yuqori aniqligi evaziga, boshqa sanoat
asboblarida
erishib
bo‘lmaydigan.
Ultratovushli
sath
o‘lchagichning
ishlashi(ta’siri) (9.4-rasm, d) ultratovushli impulsni idishning tubidan(yoki
yuqorigi qopqoqchasidan) sathning yuzasigacha va aksincha o‘tish vaqtini
o‘lchashga asoslangan. Havoli va o‘lchanayotgan muhitlar
chegarasi yuzasidan
ultratovushli impulning akslanishi ular akustik qarshiliklarining kattaliklari kesin
farqlanishi oqibatida yuz beradi. Rasmda tasvirlangan(9.4-rasm.,d) sxemaning
ishlashi quyidagicha bo‘ladi: ultratovushli o‘lchagich impuls ultratovushli
tebranishlar generatori GUZ orqali 1 nurlatkich sig‘imiga uzatiladi, bu joyda
sathni o‘lchash amalga oshiriladi. Elastik tebranishlar, o‘lchanayotgan
muhitda
tarqalayotib, muhitlarning bo‘linish chegarasigachi etib keladi va undan
akslanadi. Akslangan to‘lqin teskari yo‘nalishda muhitga o‘tadi, 2 ultratovushli
tebranishlar iste’molchisiga kelib tushadi, bundan elektrli impuls EU elektronli
kuchaytirgichga uzatiladi,
vaqt intervallari
Δ
t ni hisoblash jihozi va so‘ngra,
o‘lchagich jihozga o‘tadi. Demak, muhitlarning bo‘linish sathini aniqlashda
o‘lchagich bo‘yicha impulsni jo‘natish momentidan ultratovushli tebranishlar
teskari impulsini qabul qilgancha ketgan vaqtni o‘lchaydi.
Ba’zida ultratovushli tebranishlarning nurlatgichi va iste’molchisi aynan bir
jihozning o‘zi bo‘ladi, o‘lchash davrining boshida nurlatgich bo‘lib ishlashi,
so‘ngra, impuls uzatilganidan (jo‘natilganidan so‘ng), iste’molchi sifatida qayta
ulanib ishga tushadi. Nurlatgich sifatida titanat bariy, pezokvarsli,
magnitostriksion
va
boshqa
elementlar
qo‘llaniladi.
Ultratovushli
sath
o‘lchagichlarning sath o‘lchashlari 0-1; 0-2; 0-3
m li diapazonga ega, nazorat
qilinadigan muhit temperaturasi 10-50
o
C, texnologik asbobdagi bosim 4 MPa
151
gacha, aniqlik sinfi 2,5. Akustik sath o‘lchagich to‘kiluvchan(donador) muhitlar
tamoyili bo‘yicha ishlaydi va akustik jihozi suyuq muhitlarning sath o‘lchagichiga
o‘xshaydi. To‘kiluvchan(donador) muhitlarning akustik sath o‘lchagichi GSP
nomenklaturali asboblarga mansub va unifitsirlangan tokli signalga ega. Ular
yagona(bir) nuqtali va ko‘pnuqtali(30 ta gacha) bo‘ladi. Sath o‘lchagich
portlashga xavfsiz qilib bajariladi, ya’ni diapazon o‘lchashlarning minimal
oralig‘i(poyoni) 0 – 2,5 m, maksimali 0 – 30 m, nazorat qilinayotgan muhit- 2 –
200 mm diametrli granula, aniqlik sinfi 1,0; 1,5.
Dostları ilə paylaş: