Udk: 94(100). 371 Amir Temur va temuriylar davri tarbiyasidan malaka oshirish tizimida foydalanish



Yüklə 20,88 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü20,88 Kb.
#160957
Amir Temur 2


UDK:94(100).371
Amir Temur va temuriylar davri tarbiyasidan malaka oshirish tizimida foydalanish
Abdumajid Abdumannotov
Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxssislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali dotsenti


Annotatsiya. Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davri tarbiyasidan malaka oshirish tizimida foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan
Kalit so`zlar: Sohibqiron, Amir Temur, temuriylar, davri, tarbiya, malaka, oshirish, tizim, foydalanish
Аннотация. В данной статье описываются педагогические условия использования Сахибкирон Амир Темур и воспитания тимуридов в системе обучения.
Ключевые слова: Сахибкирон, Амир Темур, Тимуриды, эпоха, обучение, квалификация, совершенствование, система, использование
Annotation. This article describes the pedagogical conditions of using Sahibqiron Amir Temur and the education of the Timurids in the training system.
Key words: Sahibqiron, Amir Temur, Timurids, era, training, qualification, improvement, system, use
Mamlakatimizda yaqinda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi keng nishonlandi. O`tkazilgan barcha tadbirlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda, davra suhbatlari va uchrashuvlarda Sohibqiron bobomizning markazlashgan davlat tuzishdagi o`rni, sarkardalik faoliyati, davlat boshqaruvi hamda ma`naviy-ma`rifiy qarashlariga olimlar, mutaxassislar va ishtirokchilar tomonidan munosib baho berildi. Amir Temurning hayoti va faoliyati, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari to`g`risida yetarlicha o`rganilmagan va o`quvchilarga ma`lum bo`lmagan tomonlarini ilmiy asosda manbalarga tayangan holda tadqiq etishga e`tibor qaratildi. Amir Temur va temuriylar davri ta`lim-tarbiya jarayonlarini yetarlicha o`rganish va ulardan ta`lim tizimida foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Ma`lumki Sohibqiron ma`naviyatida Vatanni sevish, qadrlash, unga halol xizmat qilish, uning obro`-e`tiborini yuqori pog`onaga ko`tarish, ozodlik, tenglik, insonparvarlik, miliy g`urur va iftixor, mehnatsevarlik, axloqiy poklik, ilm-fanni qadrlash, dinga hurmat bilan qarash kabi qadriyatlar ulug`langan.
Mamlakatimizning birinchi Prizedenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: ,,Amir Temur hayotining mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma`nosi – Vatan ozodligi, Vatanparvarlik degan oliy qadriyatlardan iborat. U hatto umrining so`ngi onlarida ham zurriyodlariga qarata ,,Istiqlol bilan mulku millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz’’ , deb vasiyat qilgan. Chuqur o`ylab qarasak bu vasiyat aynan bizlar uchun – buyuk sohobqironni bugungi avlodlari uchun aytilgan’’. [4]
Atoqli tarixchi olim Bo`riboy Ahmedov ,,Amir Temurni yod etib’’ kitobida qayd etishicha: ,,Sharqda, xususan bizning mintaqada bola tarbiyasi an`anaviy ildizlarga ega. Amir Temur saroyidagi bolalar – shag`zodalar to`rt yoshdan boshlab o`qitilgan. Dastlab xat – savodga o`rgatilgan, keyin 4-8 yoshlarda ularga maxsus kishilar biriktirilib qo`yilgan. Qissaxonlar Abu Muslim, Hazrat Ali qissalari, payg`ambarlarimiz jangnomalari, Iskandar Zulqarnayn singari xalq qahramonlari va dostonlarini hikoya qilganlar. Shunisi muhimki, tarbiyalanuvchi 4 yashar, qissaxon esa 10-12 yashar bo`lgan. Ular bo`sh vaqtlarida birga o`ynab yurishgan. Qissaxonlik faqat bolani qahramonlik, sadoqat, poklik ruhida tarbiyalashgagina emas, balki go`dak xotirasini mustahkamlash uchun ham xizmat qilgan. Temuriylar saroyida nabiralarni tarbiyalashga ham alohida e`tibor berilgan. Temur Shoxrux Mirzo, Mironshoh mirzoning o`g`illarini Husayn Boyqaro Badiuzzamonning o`g`li Mo`min mirzoni olib tarbiyalagani ko`pchilikka ma`lum. Bunda hukmdorlar tomonidan ikki maqsad ko`zda tutilgan: birinchisi bolaga shoxona tarbiya berish, ikkinchisi – ayrim viloyatlar hukmdorlari bo`lmish o`g`illar o`z farzandlari ota saroyida ekan, podshoh otaga nisbatan o`zboshimchalik qilmaydilar, ya`ni isyon ko`tarmaydilar va buni o`ylamaydilar ham.
Qissaxonlar bola 8 yoshga kirganida uni madrasaga berishgan. Ularda diniy bilimlar bilan birga dunyoviy ilmlar o`rgatilgan. Qur`on, Tafsir, fiqh, qiroat o`rgatilgan. Dunyoviy ilmlardan riyoziyot, falakkiyot, mantiq, adabiyot, tarix kabi fanlar o`tilgan. Shuningdek musiqa va musiqashunoslik, she`riy nutq va aruz ilmi bilan jiddiy shug`ullanishgan. Chunonchi Ulug`bekning she`r yozgani ko`pchilikka ma`lum. Ayni paytda u 5-6ta kuy ham bastalagan. Ulardan ba`zilari o`ziga xos harbiy marshlar bo`lib, nog`ora va karnay vositasida ijro etilgan. Temuriy shahzodalar ov qilishga ham o`rgatilgan. Chunki ov qo`shinning jang qilish yo`llarini o`rgatuvchi mashqdek gap bo`lgan, shaxzodalarni chiniqtirgan, ov oziq-ovqat to`plash uchun ham qo`l kelgan. Shuningdek harb ilmi ham o`rgatilgan. Ular dastlab ot minish san`atini o`rganishgan, keyinchalik nayza otish san`atini egallashgan. Daraxt shoxiga xalqa osib qo`yib, o`shandan nayzani otib o`tkazishgan. Ot ustida chovgon ya`ni chim hokkey o`ynaganlar. Qilichbozlik san`atiga alohida e`tibor qaratilgan. Poyga qo`yish, ko`pkari chopish singari o`yinlar ham harb ilmi doirasiga kirgan. Bularning hammasiga shaxzodalar 7-8 yoshdan 12 yoshgacha o`rgatilgan. 12 yoshli har bir shaxzoda ,,Suluk ul-mulk’’ - ,,Podshohlar uchun qo`llanma’’ si bilan tanishtirilgan.
Qizlar asosan bo`lajak xonadon bekasi, erining yaqin yordamchisi sifatida tarbiyalangan. Malikalar biror-bir musiqa asbobini chalishni bilishi, she`r ilmini va nafis san`atini ba`zi turlarini egallashlari shart edi.
Amir Temur va temuriylar davrida oddiy xalqning farzandlari ota kasbini o`rganish ya`ni kulolchilik, beshikchilik, misgarlik kabi kasblarni o`rganishgan. Qishloqlarning har bir guzarining o`z temirchisi, kuloli, bo`zchisi, mahsido`zi, etikdo`zi, xullas kosiblari bo`lgan.[3]
Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov Amir Temurning o`zi amal qilgan o’n bir sifatini yuqori baholaydi. Bu sifatlar insonni ezgulikka, mehnatsevarlikka, adolatparvarlikka, ilm ahlini hurmat qilishga, bir so`z bilan aytganda komil insonni tarbiyalashga xizmat qiladi.[2]
Amir Temur va temuriylar davrida shaxsning jismoniy sifatlariga alohida e`tibor qaratilgan. Bugungi kunda Amir Temur va temuriylar davridagi tarbiya usullaridan ta`lim tizimida foydalanishni davr taqozo qilmoqda. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida foydalanishni takomillashtirish uchun quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim. Jumladan:
-,,Umumkasbiy fanlar’’ blokidagi ,,Pedagogning professional kompetentligi va mahorati, ,,Trenerning professional kompetentligi va mahorati’’ modullarining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish;
-Amir Temur va temuriylar davrini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-axloqiy jihatdan yetarlicha o`rgangan tarixchi, siyosatshunos, faylasuf, adabiyotshunos, pedagog va psixolog olimlar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
Amir Temur va temuriylar davriga oid tarbiya jarayonlarini aks ettiruvchi foto ishlanmalar tayyorlansa, multimedialar ishlab chiqilsa maqsadga muofiq bo`lar edi;
-Professor o`qituvchilar tomonidan Amir Temur va temuriylar davri tarbiyasiga oid o`quv uslubiy qo`llanmalar, uslubiy tavsiyalar tayyorlanib, joylarga yetkazib berilsa, barkamol avlodni tarbiyalashdek davlat buyurtmasi bajarilgan bo`ladi.
Zero, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning,,Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning ,,Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo’lsin’’, degan chuqur ma’noli so’zlari har birimiz uchun hayotiy e’tiqodga aylanishi zarur, - degan purmano so`zlari kundalik ma`naviy ehtiyojimizga aylanishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Mirziyoyev.Sh, ,,Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi’ ’T:O’zbekiston, 2022, 441 bet.
2. O’zbek pedagogikasi antalogiyasi 1-jild ,T: ,,O’qituvchi’’, 1995, 221, 229, 238-betlar.
3. Ahmedov.B. ,,Amir Temurni yod etib’’ T: ,,O’zbekiston’’. 1996, 368 bet.
4. Jalilova.Sh.S.Amir Temurning ma`naviy qarashlari.,,Amir Temur va teburiylar saltanatining intellektual salohiyati’’ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konfirensiyasi materiallari: (Samarqand-2006-yil, 5-6-aprel), 88b.
5. Rahimov.J. ,,Adolat va qudrat timsoli’’ (Amir Temur) (Matn) Toshkent: ,,O’qituvchi’’. M.M.J.U, 2017-384 bet.
Yüklə 20,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin