YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI
ICHKI SUVLARI, TUPROQLARI
IQLIMI, SUVLARI
O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
XULOSA
Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum cho`li bilan Orol dengizi orasida joylashib o`z ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon deltasini oladi. Okrugni Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi Amudaryoning qadimiy va hozirgi deltalarini o‘z ichiga oladi. Okrug g‘arbda Ustyurt, janubi g‘arbda Тurkmaniston, sharqda Qizilqum, shimolda esa Orol okruglari bilan chegaralanadi. Maydoni 50 ming km.kv atrofida.
g`arbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sultonvays tog`lari, shimoldan esa Orol dengizi o`rab turadi. Quyi Amudaryoning ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum cho`li bilan Orol dengizi
orasida joylashib o`z ichiga Amudaryoning qadimiy va xozirgi zamon del`tasini
oladi. Okrugni g`arbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqumi, sharqdan Qizilqum
va Sultonvays tog`lari, shimoldan esa Orol dengizi o`rab turadi. Quyi Amudaryoning
ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi.
Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-g`arb tomonga cho`zilgan
bo`lib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamo`yin
tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi
400 km bo`lib kengligi bir xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamo`yin tangligida
okrugning kengligi taxminan 10-12 km bo`lib, shu erdan Amudaryoning qadimiy
del`tasi boshlanadi va shimoli-g`arbga qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz
tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75-80 km ga etadi. Amudaryoning qadimiy
del`tasi Taxiatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, so`ngra shimolga tomon
yana kengayib qadimiy del`ta tugab, Amudaryoning xozirgi zamon del`tasi
boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yo`nalish bo`yicha del`ta
pasayadi va kengayib, ba`zi erlarda 140-150 km ga etadi.
Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrniig allyuvial-del`ta yotqiziqlarining
asta-sekin to`planishi va uning del`tasining Orol dengizi tomonga o`sishi tufayli
vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni
janubi-sharqdan, ya`ni Tuyamo`yin tangligidan shimoli-g`arb, shimol tomonga qarab
davom etgan. Amudaryoning xozirgi zamon del`tasini Orol dengiziga tutashgan
mintaqasida «eng yosh» del`ta bo`lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining
pasayishi xisobiga muttasil kengayib bormoqda. So`nggi 35 yil ichida Orol dengizi
suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba`zi joylarida 100 km gacha
chekinib, quruqlikka aylanib qoldi.
Quyi Amudaryo yotqiziqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas.
Okrugdagi eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo`r davr yotqiziqlari
bo`lib ustini paleogen, neogen va antropogen jinslari qoplab olgan.
Quyi Amudaryoning qadimiy del`tasi antropogen allyuvial yotqiziqlaridan (gil,
gilli qum, (qumoq, qumloq va boshqa) iborat bo`lib, ularning qalinligi (bo`r davrning
tub jinslari ustidan) 20 m, ba`zi joylarda 100 m. ga etadi. Shuningdek qadimiy del`ta
chetlarida, ba`zi kichik botiqlarda ko`l yotqiziqlari ham uchraydi.
Quyi Amudaryoning xozirgi zamon del`tasi esa, asosan, antropogen davr
allyuvial, eol yotqiziqlaridan qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil
topib, qalinligi 80- 140 m ga etadi.
Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida esa xozirgi zamon yotkiziqlari
(qumoq, qumloq, gil) bo`lib, ular tarkibida xar xil tuzlar mavjud, ba`zi joylari esa
botqoqlashgan.
Quyi Amudaryo okrugining qadimdan sug`orib dehqonchilik qilinadigan erlari
(Xorazm) da qalinligi 2-3 m ga etuvchi agroirrigatsiya qatlami vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo okrugi er usti tuzilishi jihatidan yassi tekislik bo`lib, shimolga
va shimoli-g`arbga qarab bir oz nishabdir. Lekin qiyaligi juda sezilarsiz (qiyaligi
0,0017) ligi tufayli Amudaryo tarmoqlanib, ilon izi bo`lib, sekin oqadi. Shuning
uchun Amudaryoning qadimiy o`zanlari vujudga kelib uning rel`efini ancha
murakkablashtirgan. Usha qadimiy o`zanlar orasida nisbiy balandliklari 60-80 m ga
etuvchi bir necha tepaliklar, marzalar va qoldiq tog`lar mavjud. Shular jumlasiga
Quyanchiq, Qoratov, Qumbeltov, Jumirtov, Borlitov, Quskanatov, Koshqantov,
Beltov, Manqir, Tuzqir, Tarimqiya, Zangibobo va boshqalar kiradi. Bu tepaliklarning
ba`zilari kadim yaxlit bo`lib, daryoning «tentirab» oqishi tufayli, ular bo`laklarga
bo`linib ketgan. Daryoning o`sha qadimiy o`zanlari o`rnida esa kichik ko`llar
vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo okrugi hududidagi eng muhim qadimiy o`zanlari uning o`ng
kirg`og`idagilari Orol tomon yo`nalgan Shortonbay, Kreyt-O`zaq Itkra-O`zaq Kora-
O`zaq Kindiksay, Qorako`lsay va boshqalardir. Chap qirg`oqdan boshlanuvchi va
Sariqamish botig`i tomon yo`nalgan eng qadimiy o`zani Quhnadaryo, Daryoliq va
Daudan hisoblanadi. Ma`lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir
qismi vaqt-vaqti bilan (suvi ko`p bo`lganda) Quhnadaryo orqali Sariqamish ko`liga
quyilib turgan. V. V. Tsinzerlingning ma`lumotiga ko`ra 1878 yili Amudaryo suvi
toshganda Quhnadaryo o`zanidan sekundiga 60 kubometr suv uch oy Sariqamish
botig`iga oqib turgan.
Quyi Amudaryo rel`efining tabiiy xolatini o`zgartishda insonning xo`jalik
faoliyati ham muhim rel`ef hosil kiluvchi omilga aylangan. Chunki inson o`zining
ko`p asrlik xo`jalik faoliyatida Quyi Amudaryo erlarini tekislagan, jarlarni
to`ldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug er usti tabiiy xolatini o`zgartgan.
Quyi Amudaryo okrugi O`zbekistonning shimoli-g`arbida joylashganligi
sababli qishi nisbatan sovuq, yozi esa issiq, quruq va serquyosh. Qishda okrug
shimoli-sharqiy tomonidan esuvchi havo massasi ta`sirida bo`lib, harorat ancha
pasayib ketadi. Bu yo`nalishdagi havo massasi ko`proq oktyabr` oyidan may
oyigacha davom etadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy tomondan etib keluvchi
havo massasi kuchsizlanib, so`ngra shimoldan va shimoli-g`arbdan esuvchi havo
massasi ustunlik qiladi. Maydan sentyabr`` oyigacha davom etadi. Sentyabr`` oyidan
boshlab yana shimoli-sharqiy yo`nalishga ega bo`lgan shamollar ustunlik qilib,
harorat kechalari pasayib, sovuqlar bo`lishi mumkin.
Quyi Amudaryo yuqorida qayd kilganimizdeq O`zbekistonning eng sovuq
hududidan biri xisoblanib, o`rtacha yillik harorat 10-12°S atrofida bo`ladi.
Quyi Amudaryo okrugida qish sovuq bo`lib, yanvarning o`rtacha harorati 4,5°-
7,6°S atrofida (Xivada -4,5°, Chimboyda -7,6°) o`zgaradi. Ba`zan shimoldan va
shimoli-sharqdan sovuq havo massasi kirib kelib, turib qolib, eng past haroratni
(Taxiatoshda) pasaytirib yuboradi.
Quyi Amudaryo okrugi O`zbekistonning eng kurg`oqchil hududi xisoblanib,
yiliga 79-108 mm yog`in tushadi. Yog`in
miqdori okrugning janubidan shimoliga
tomon ortib boradi. Agar Xivada yillik yog`in miqdori 79 mm bo`lsa, haroratda 108
mm ga etdi. So`nggi yillarda Orol suv sathining pasayishi tufayli uning atrofida
yog`in yil bo`yi bir xil tushmaydi. Eng ko`p yog`in qish va bahor fasliga, eng kam
yog`in yozga to`g`ri keladi. Agar yillik yog`in miqdorini 100% desak uning 35-40%
qishga, 44-45% bahorga, 7-17% yozga, 10-15% kuzga to`g`ri keladi. Bahorda ba`zan
yog`in jala tarzida yog`ib, qishloq xo`jalik ekinlariga, xususan, g`o`zaning yosh
nihollariga zarar keltiradi.
Quyi Amudaryoda shamolning kuchi va yo`nalishi xamma qismida bir xil emas.
Orol dengizi yaqinida shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 4-5 m, okrugning
janubida (Xivada) 3 m atrofida. Shamollar ko`pincha shimoliy va shimoli-sharqiy
tomondan esadi. Shimoli-sharqiy shamollar ko`proq, yilning sovuq faslida esa,
shimoliy va shimoli-g`arbiy shamollar yilning issiq, faslida esadi.
Quyi Amudaryoda qish noyabrning birinchi yarmidan boshlanib, mart oyigacha
davom etadi. Birinchi sovuq tushadigan kunlar oktyabr` oyining ikkinchi yarmidan
boshlansa, oxirgi sovuqli kunlar aprelning birinchi yarmigacha davom etadi.
Shunday qilib, sovuqsiz kunlar o`rtacha 193 kundan 208 kungacha (Chimboyda 193
kun, Xiva 208 kun) davom etadi. Quyi Amudaryo okrugida kuzda birinchi sovuq
tushishidan oldingi effektiv haroratlar yig`indisi
1902° dan (Qo`ng`irotda) 2385°
gacha (To`rtko`lda) etadi.
Quyi Amudaryo okrugida Amudaryoning eski va yangi del`tasi joylashgan.
Amudaryo o`zani bu qismda gox torayib, gox kengayib tarmoqlarga bo`linib oqadi.
Amudaryo okrug hududida Pitnak yaqinida torayib, Tuyamo`yin tangligi hosil qiladi,
vodiysining kengligi 450-480 m ga tushib qoladi, so`ngra yana kengayib 10 km ga
etadi. Lekin Sultonvays, Qo`yanchiq, Qoratov, Jumurtov kabi past qoldiq tog`lar
orasida Amudaryo vodiysi torayib, tangliklar hosil qiladi.
Amudaryo Nukus shaxaridan quyida tarmoqlarga ajraladi. Ularning eng
muhimlari Qipchoqdaryo, Oqdaryo, Erkindaryo, Ko`hnadaryo, Qortaboyuzoq,
Toldiqdaryo, Qozoqdaryodir. Bu tarmoqlarning ko`pchiligi xozir Amudaryoning suvi
yuqoriyuqori qismida sug`orishga sarflanishi tufayli quruq o`zanga aylanib, ularga
faqat yozda vaqti-vaqti bilan suv yuboriladi.
Amudaryo suvi sug`orishga sarflanishi tufayli okrugda yil sayin uning miqdori
kamayib, tarmoqlarida keskin o`zgarishlar yuz bera boshladi. Faqat Quyi Amudaryo
okrugidagina erlarni sug`orish uchun yiliga daryodan 24 km
3
suv olinmoqda.
Okrug Tuyamuyuin darasidan to Orol dengizigacha bo’lgan tekisliklarni o’z
ichiga oladi. Okrugni shimoldan dengizning qurigan qismi, sharqdan Qizilqum va
Sulton Uvays tog`lari, shimoli-g`arbdan Ustyurtning sharqiy chinklari, janubi-
g`arbdan Qoraqum o’rab turadi. Okrugning maydoni 45000 km
2
, uning hududi
shimoldan janubga 365 km ga, g`arbdan sharqqa eng keng erida 319 km ga
cho’zilgan. Okrugning shimoliy qismi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi,
Aqchadaryoning allyuvial tekisliklari va Beltog` balandligini, janubiy qismi esa
Xorazm vohasini o’z ichga oladi. Tuyamo’yuin darasidan Amudaryoning qadimgi
deltasi boshlanadi va shimoli-g`arbga qarab kengayib borib, Xorazm-Toshxovuz
tekisligini hosil qiladi. Bu delta Taxiatosh kengligigacha davom etadi. Undan
shimolda Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi. U Orol dengizigacha
davom etadi. Amudaryo deltasining Orol dengiziga tutashgan mintaqasida dengiz
suvi sathining pasayishi hisobiga «eng yosh» delta tobora kengayib bormoqda.
Umuman Amudaryo deltasi maydoni 50000 km
2
bo’lib, Volga deltasidan 3,5 marta,
Nil daryosi deltasidan 2 hissa kattadir. Quyi Amudaryo allyuvial-delta tekisliklarining yoshi haqida aniq bir fikr
yo’q. Yu.A.Skvorstovning fikricha, eng qadimgisi Sariqamish deltasi bo’lib, undan
keyingisi Aqchadaryo deltasi, eng yoshi Amudaryo deltasining Orolbo’yi qismi
hisoblanadi.
B.A.Fedorovich, A.S.Kes, S.P.Tolstovlarning fikricha, Xvalin davrida
Amudaryo o’z suvini kontinental chuqur cho’kma bo’lgan Xorazm botig`iga quygan.
Uni allyuvial oqiziqlar bilan to’ldirgandan keyin Aqchadaryo deltasini hosil qilgan.
Shundan keyin Amudaryo shimoli-g`arbga qarab oqqan va Ustyurt bilan O’ng`izorti
Qoraqumi o’rtasidagi do’nglikni yorib o’tib, qadimgi kontinetal cho’kmalardan
bo’lmish Sariqamish va Asakaovdonni suv bilan to’ldirgan. Keyin Amudaryo
shimolga – Orolga tomon burilgan va o’ozirgi zamon deltasini o’osil qilgan.
Xullas, Quyi Amudaryo okrugi hududi delta yotqiziqlari bilan to’ldirilgan bir
butun juda katta cho’kmadan iborat. Bu cho’kma ham o’z navbatida allyuvial
yotqiziqlari bilan to’lgan Sariqamish-Xorazm, Orolbo’yi (Amudaryo), Oqchadaryo
deltalaridan iborat. Har bir delta kichik cho’kmalarda hosil bo’lgan. Okrug hududi
yer yuzasi Orolga va Sariqamish cho’kmasi tomonga pasayib boradi.
Delta yassi tekisliklarining mutlaq balandligi eng janubida 114 m ni, Nukusda
73 m, Mo’ynoq atrofida 53 m, Dengiz bo’yida 35 m ni tashkil etadi. Beltog`
(Achchibuloq cho’qqisi, 101 m), Qo’shkonatog` (138 m), Qiziljar (118 m), Mo’ynoq
(98 m) qoldiq balandliklari atrofidagi tekisliklarga nisbatan 50-80 m ko’tarilib turadi.
Qadimgi o’zanlar, insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida Quyi Amudaryo relefi
anchao’zgarib, qadimgi tabiiy holatini o’zgartirgan.
Quyi Amudaryo yotqiziqlari yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xil emas.
Bu erdagi eng qadimiy jinslar bo’r davri yotqiziqlari bo’lib, ular delta negizini tashkil
etadi. Bular ustini paleogen, neogen va antropogen davrlari jinslari qoplab olgan.
Paleogen jinslari Tuyamo’yuin darasida, Beltog` qirlarida, Qo’shkonatog`da
uchraydi. Ularning qalinligi 5-6 m bo’lib, asosan yashil gillardan iborat. Neogen
jinslari sarmat va xiva qatlamlaridan iborat bo’lib, bular kamroq uchraydi.
To’rtlamchi davr yotqiziqlari asosan allyuvial va eol yotqiziqlardan iborat.
Ularning qalinligi hozirgi zamon deltasida 12 m dan 60 m gacha, qadimgi deltada 20
m dan 100 m gacha etadi. Delta yotqiziqlarining yuza qismi 2,5-7 m gacha
qalinlikdagi qumoq va qumlar, qum-gil aralashmasidan tarkib topgan. Orol
dengizining qurigan qismida qumoq, qum va gildan iborat hozirgi zamon
yotqiziqlaritarqalgan, ular tarkibida har xil tuzlar ham mavjud. Quyi Amudaryo
okrugining qadimdan sug`orib dehqonchilik qilinadigan erlarida (Xorazm vohasida)
qalinligi 2-3 m ga etuvchi agroirrigastiya qatlami vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo relefiga ko’ra yassi tekislik bo’lib, yer yuzasining qiyaligi
juda ham sezilarsiz bo’lganidan Amudaryo tarmoqlanib, ko’plab ilon izi meandralar
hosil qilib juda sekin oqqan. Saqlanib qolgan qadimgi o’zanlar relyefni ancha
murakkablashtirgan. Quyi Amudaryo relyefi tabiiy holatining o’zgarishida insonning
xo’jalik faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etgan, relyef ancha tekislangan.
Janubiy Orolbo’yida iqlimning bunday
o’zgarishlari faqat sobiq qirg`oqbo’yi hududida kuzatilmoqda. Lekin ayrim olimlar
Orol dengizining bunday qurishi Orolbo’yi iqlimiga 400 km va undan ham ko’proq
masofada ta’sir etmoqda deb hisoblashmoqda.
Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko’ra Amudaryo deltasiga keladigan ko’p
yillik yer usti suvlarining miqdori ilgari 46,6 kub m ni tashkil etgan. Keyingi suvning
keskin kamayishi natijasida Amudaryo deltasida keskin o’zgarishlar yuz berdi.
Daryoga oqava, zovur suvlarining tashlanishi tufayli suvning minerallashish darajasi
ortib (sho’rligi 2,5 – 3 g/l gacha etdi) va har xil kimyoviy moddalar bilan ifloslandi. Hozir Janubiy Orolbo’yida Amudaryo suvlari hisobiga qurib qolgan eski ko’llar
ekologik muvozanatni saqlash maqsadida to’ldirilmoqda. Suvga to’ldirilgan
ko’llarning maydoni 2004 yilda 150 ming gektarga etdi, yaqin kelajakda u 300 ming
gektarga etkaziladi.
Okrugda gidrogeologik sharoit bir xil emas. Grunt suvlarining siljishi juda
sust. Keyingi yillarda Orol suv sathining pasayishi tufayli grunt suvining siljishi
uchun sharoit vujudga keldi va deltada gidrorejimning o’zgarishi grunt suvi sathining
pasayishiga sabab bo’ldi. Sug`oriladigan yerlarda grunt suvi sathi yer yuzasidan 0,8-
3,6 m, sug`orilmaydigan yerlarda 10-15 m, cho’l zonasida 20-30 m chuqurlikda
joylashgan. Uning minerallashish darajasi sug`oriladigan yerlardan cho’lga tomon
ko’tarilib, 3-5 g/l gacha o’zgaradi.
Okrug tuproqlari ularni hosil qiluvchi tarkibiy qismlarining xususiyatlariga
bog`liq ravishda xilma-xil. Qadimgi qoldiq balandliklarda va Aqchadaryo deltasida
qumoq va sur qo’ng`ir tuproqlar, hozirgi deltaning chekkalarida taqir, taqirsimon
tuproqlar, qoldiq sho’rxoklar tarqalgan. Sizot suvlari yer yuziga yaqin bo’lgan
joylarda o’tloq, o’tloq taqir, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rxoklarning hamma
turlari uchraydi. Bu tuproqlar turli darajada sho’rlangan.
Amudaryoning hozirgi deltasida o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq tuproqlar
tarqalgan. Deltaning g`arbiy qismi eng past hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda
ilgarilari (1974 yilga qadar) daryo suvi toshganda ancha vaqtgacha ko’lob bo’lib
turar, markaziy va sharqiy qismi balandroq bo’lgani uchun qisqa mudatda suv bilan
qoplanar va tezda qurib qolar edi. Bu yerlarda hozir sholi ekiladi. Hozirgi zamon
deltasining quyi qismida tarqalgan o’tloq-qayir allyuvial va o’tloq-botqoq
tuproqlarning ustki qismida chirindi miqdori 2-3 % ga etadi, pastqam, grunt suvlari
yuza erlarda bu tuproqlar sho’rlangan.
Sug`oriladigan o’tloq (o’tloq voha) tuproqlari Amudaryoning asosan qadimiy
deltasida va hozirgi zamon deltasining quyi qismi chekkalarida tarqalgan.
Okrugda cho’l qumloq tuproqlari Mo’ynoq atroflarida, okrugning Qizilqumga
tutashgan sharqiy qismida va qadimiy deltaning Qoraqumga yaqin yerlarida
tarqalgan. Okrugda yerdan foydalanish koeffistienti katta emas. Yangi yerlarni
o’zlashtirish mumkin. Okrugda dehqonchilik yerlarning sho’rlanishiga qarshi
meliorativ tadbirlarni qo’llashni taqozo qiladi. Okrugda turli xil tuproqlarning
tarqalganligi undagi o’simliklarning ham turli – tumanligiga sabab bo’lgan. Quyi
Amudaryoda asosan to’qay, galofit va psammofit o’simlik turlari keng tarqalgan.
To’qay o’simliklari Amudaryoning hozirgi zamon deltasidagi o’tloq-
allyuvial, o’tloq-botqoq, botqoq va o’tloq-taqir tuproqlar tarqalgan qayirlarida,
Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohilida, ko’l bo’ylarida, suv bilan
to’ladigan o’zanlar chekkalarida uchraydi. To’qaylar ikki yarusdan iborat bo’lib,
yuqori yarusda tol, jiyda, turong`il, pastki yarusda esa yulg`un, qo’g`alar, ruvak,
qamish va boshqa o’simliklar o’sadi. Okrug hududida suv rejimning o’zgarishi
700000 gektarga yaqin to’qaylarning qurishiga olib keldi. To’qay o’simliklari
okurgdagi Baday-To’qay qo’riqxonasida tabiiy holda saqlab kelinmoqda.
Galofitlar okrugda Orolning qurigan qismidagi sho’rxoklarda, Sudoche
ko’lining janubida va boshqa sho’rxoklar tarqalgan hududlarda o’sadi. Galofitlardan sarsazan, qorabarak, yulg`un, shohiloq, itsiygak va bir yillik sho’ra o’simliklari eng
ko’p tarqalgan.
Okrugdagi sur-qo’ng`ir tuproqlar tarqalgan past tog`larda burgan, shuvoq
ko’prоq uchraydi. Okrugning Qoraqum va Qizilqumga tutashgan qum va qumli
tuproqlar tarqalgan joylarida cho’lga xos psammofit o’simliklar – selin, juzg`un, oq
saksovul, quyonsuyak, qizilcha, sho’ra keng tarqalgan.
Quyi Amudaryo okrugining o’ziga xos tabiati uning hayvonot dunyosining
shakllanishiga ta’sir etgan. Bu okrugda sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar yashashi
uchun sharoit qulay bo’lgani uchun ular boshqa okruglarga nisbatan bu yerda ko’proq
tarqalgan. Qushlarning 222 turi, sut emizuvchilarning 31 turi (asosan kemiruvchilar),
baliqlarning esa 30 turi mavjud.
Quyi Amudaryo okrugining tabiiy boyliklari xilma-xil bo’lib, eng muhimlari
foydali qazilmalar (neft, gaz, tuzlar) va yer-suv resursidir. Okrug hududida sug`orib
dehqonchilik qilishga yaroqli 2,4 mln gektarga yaqin yerlar mavjud. Shundan hozirgi
kunda atigi 0,6 mln gektari o’zlashtirilgan.
Qamishzor va o’tloqlar ham okrugning eng muhim boyliklaridandir. Okrug
hududidagi juda katta maydondagi qamishzorlar hozirgi kunda Amudaryo deltasiga
suv kam yetib kelayotganligi uchun asta qurib bormoqda. Lekin ularni sug`orish yo’li
bilan qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Sifatli mo’yna beruvchi ondatra okrugning muhim boyligi bo’lgan. Lekin
keyingi vaqtda deltadagi o’zanlar va ko’llarda suv qurib qolganligi tufayli ondatra va
baliqni ko’paytirish ancha mushkul bo’lib qoldi. Hozirgi kunda yo’q bo’lib ketgan
maxsus ixtisoslashgan xo’jaliklar qayta tashkil qilinmoqda.
Quyi Amudaryo okrugi hududida tabiiy sharoitiga ko’ra, ayniqsa tuproq-
o’simligidagi tafovutlarga qarab 2 ta tabiiy geografik rayonlar guruhiga ajratilgan.
Bular Shimoliy va Janubiy tabiiy geografik rayonlar guruhi. Shimoliy guruhda
Chimboy-Qo’ng`irot, Beltov, Janubiy guruhda Xorazm tabiiy geografik rayonlari
ajratiladi. Keyingi paytlarda Orolning qurigan qismini alohida tabiiy geografik rayon
sifatida ajratish tavsiya etilmoqda.
Chimboy-qo’ng`irot
rayoni
tarkibiga
okrugning
shimoli-g`arbi,
Amudaryoning hozirgi zamon deltasi va unga sharq va g`arb tomonlardan
yondoshgan hududlar kiradi. U shimolda Orol dengizining qurigan qismi bilan,
g`arbda Ustyurt okrugi bilan, sharqda Beltov janubda Xorazm rayonlari bilan
chegaralanadi.
Rayon hududida quyidagi tabiiy- eografik landshaftlar mavjud: 1) botqoq-
sho’rxok va o’tloq-sho’rxok tuproqlarda galofit o’simliklar o’suvchi dengizning
qurigan qismining landshafti; 2) bir yillik sho’ralar o’suvchi sho’rxokli delta
landashfti; 3) shuvoq o’suvchi sur-qo’ng`ir tuproqli past qoldiq tog`lar landshafti; 4)
o’tloq, botqoq va qayir allyuvial tuproqlarda to’qay o’simliklari o’suvchi qayirlar
landshafti; 5) taqir-sho’rxok tuproqlarda qora saksovul o’suvchi delta tekisliklari
landshafti (chap sohilda); 6) o’tloq-allyuvil va taqir tuproqli allyuvial delta
tekisliklari va qayirlarning madaniy landshaftlari.
Beltov tabiiy geografik rayoni okrugning shimoliy sharqida joylashgan.
Rayon Beltovni, Orolbo’yini, Oqdaryo, Janadaryolarning delta tekisliklarini o’z ichiga oladi. Rayon okrugda qishi eng sovuq qish, yozi esa eng issiq hudud
hisoblanadi.
Rayonda 4 ta landshaft turi mavjud: 1) sho’rxok, o’tloq-sho’rxok, botqoq-
sho’rxoklarda siyrak o’suvchi galofit o’simliklar o’suvchi dengiz qirg`oq - bo’yi
tekisliklari landshafti; 2) saksovul o’suvchi marzasimon qumli tekisliklar landshafti;
3) shuvoq o’suvchi sur-qo’ng`ir tuproqli past qoldiq tog` (Beltov) landshafti; 4) qora
saksovul o’suvchi taqir tuproqli, sho’r hamda sho’rxokli Oqchadaryo va Janadaryo
delta tekisliklari landshafti.
Xorazm tabiiy geografik rayoni okrugning janubini, Amudaryoning qadimgi
deltasini o’z ichiga oladi. Uning hududi qadimdan sug`orilib madaniy landshaftga
aylantirilgan. Rayonda qish nisbatan iliq, vegetastiyali qishlar 10 % ni tashkil etadi.
Rayonda 6 ta landshaft turi mavjud: 1) efemer o’simliklar bilan band bo’lgan
sur-qo’ng`ir tuproqli qadimiy platolar landshafti; 2) qora saksovul o’suvchi taqir-
sho’rxok tekislik va delta sho’rxok tekisliklari landshafti; 3) yantoq o’suvchi delta
tekisligining eol qumli landshafti; 4) to’qay o’simliklari bilan qoplangan o’tloq va
botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landashfti; 5) delta tekisliklaridagi bir yillik
sho’ralar o’suvchi sho’rxoklar landshafti; 6) delta tekisligidagi o’tloq tuproqli
madaniy landshaftlar.
Okrug Amudaryo bilan Sirdaryo oralig`idagi Qizilqum cho’lining markaziy
va g`arbiy qismlarini egallagan bo’lib, shimoli-g`arbda Quyi Amudaryo, janub va
janubi-g`arbda Quyi Zarafshon, janubi-sharqda Mirzacho’l okruglari bilan
chegaralanadi. Qizilqum okrugining janubi-g`arbi Turkmaniston, shimoli va shimoli-
sharqi Qozog`iston bilan bo’lgan davlat chegaralariga to’g`ri keladi.
Cho’lning Qizilqum deb atalishiga sabab uning ko’p qismini egallab yotgan
qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimda juda baland bo’lgan, hozir esa
uzoq davr mobaynida nurash, denudastiya tufayli pasayib qolgan tog`lar bor.
Mezozoyda va uchlamchi davrning boshlarida bu er iqlimi subtropik bo’lgan va
tog`larning yonbag`irlarida qizil rangli tuproqlar tarqalgan. Mana shu qizil
tuproqlarning nurashidan hosil bo’lgan qizil rangli tog` jinslar qumlarga qizil rang
bergan. Biroq cho’l qizilqum deb atalgani bilan uning hamma qismida ham qizil
rangli qumlar uchray bermaydi. Masalan, Qizilqumning janubiy qismidagi qumlar
rangi to’q kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kelgan yotqiziqlardan hosil
bo’lgan.
Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g`arbga tomon pasayib boradi. Uning
o’rtacha mutlaq balandligi 200-300 m, janubi-sharqida 350-400 m, shimoli-g`arbida
esa 90-100 m dir. Relefning asosiy shakllari eol qumliklari, past tog`lar atrofidagi
prolyuvial shleyflar, platolar, oqimsiz botiqlar va qadimgi daryo o’zanlaridir.
Okrugning katta qismini qum relyef shakllari egallab yotadi. Ular
Qizilqumning shimoli-g`arbida eng ko’p uchraydi. Eng katta qum massivlari
Tabaqum, Toshquduq, Uchqum, Sandiqli qumlardir. Qizilqumda eng ko’p tarqalgan
eol shakllaridan biri pushtasimon qum tepalari (qum marzalari, gryadalari) bo’lib,
ular ko’proq meridian yo’nalishiga ega.Bular o’simliklar bilan mustahkamlangan.
Qum tepalarining nisbiy balandligi 4-15 m, ayrim erlarda 50-70 m gacha etadi.
Pushtasimon bu qum tepalar oralig`i pastlik yerlar bo’lib, ular ko’pincha giyohsiz taqirlar bilan band. Qum relefi shakllaridan yana do’ng qumlar, barxanlar ham
uchraydi. Do’ng qumlar Qizilqumning markaziy qismida ko’proq tarqalgan bo’lib,
aksariyati o’simliklar bilan mustahkamlangan. Qizilqumda mustahkamlanmagan qum
tepalari shamol ketgan tomonga siljib turadi. Bular barxanlar, ular Qizilqumning
g`arbiy qismi – Amudaryoning o’ng qirg`og`i bo’ylab keng tarqalgan. Barxanlarning
balandligi 10 metrdan oshmaydan. Ular ko’pincha aholi yashaydigan joylar yaqinida,
quduqlar atrofida uchraydi, chunki bu yerlarda qum harakatini to’xtatib qoladigan
o’simliklar chorva tuyog`i ostida toptalib turadi, aholi o’tin tayyorlab, qumlarning
to’zima qumga aylanishiga sabab bo’ladi. Inson xo’jalik ta’siri kam joylarda qumlar
tabiiy mustahkamlanib boradi.
Qizilqumda barxanlar ko’pincha bir-biri bilan qo’shilib, barxan zanjirlarini
hosil qiladi.
Okrugning tekislik qismi neogen va antropogen davrining dengiz va daryo
yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar ustini qalinligi 10-12 m keladigan
qumlar qoplagan. Okurgning eng qadimda quruqlikka aylangan qismi paleozoy
qoldiq tog`laridir. Bu tog`lar paleozoyda juda baland bo’lib, Ural tog`larini bilan
Tyanshan tog`lari bilan bog`lab turgan. Paleozoy slanest, qumtoshlaridan tashkil
topgan bu qoldiq tog`lar etaklarida bo’r va paleogen davrlarida paydo bo’lgan
platolar joylashgan. Ular qumtosh, konglomerat, mergel, gil va qum kabi jinslardan
tashkil topgan.
Qoldiq tog`larda nurash kuchli bo’lishiga qaramasdan ular saqlanib
kelmoqda. Bu tog`lar atrofidagi tekisliklardan atigi bir necha yuz metr baland.
Okrugning shimoli-g`arbida joylashgan Sultonuvays tog`ining mutlaq balandligi 448
m ni, Qizilqum markazidagi Quljuqtog`niki - 784 m ni, Ovminzatog`niki 695 m ni,
Tomditog`niki 974 m ni, Yetimtog`niki 511 m, Bo’kantog`niki 764 m ni tashkil etadi.
Tog`lar atrofida nurash mahsulotlari to’planib, kengligi bir necha kilometrga
boradigan qalin shelflar paydo bo’lgan. Ularning mutlaq balandligi 300-400 m
atrofida bo’lib, tog`lardan uzoqlashgan sari pasayib 200-100 m ga tushib qoladi. Tog`
yonbag`irlarida chuchuk suvli buloqlar bor. Qoldiq tog`larda oltin, feruza, volfram,
yashma va boshqalar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, fosforit, oltingugurt konlari
mavjud.
Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-g`arb tomonga cho`zilgan bo`lib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamo`yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom ztadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo`lib, kengligi bir. xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamo`yin tangligida okrugning kengligi taxminan 10—12 km bo`lib, shu yyerdan Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanadi va shimoli-g`arbga (qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75—80 km ga yyetadi. Amudaryoning qadimiy deltasi Taxtatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, so`ngra shimolga tomon yana kengayib qadimiy delta tugab, Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yo`nalish bo`yicha delta pasayadi va kengayib, ba`zi yyerlarda 140—150 km ga yyetadi. Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to`planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o`sishi tufayli vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni janubi-sharqdan, ya`ni Tuyamo`yin tangligidan shimoli-g`arb, shimol tomonga qarab davom etgan. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo`lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. So`nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba`zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi. Quyi Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Okrugdagi eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo`r davr yotqiziqlari bo`lib, ustini paleogen, neogen va, antropogen jinslari qoplab olgan. Quyi Amudaryoniing qadimiy deltasi antropogen allyuvial yotqiziqlaridan (gil, gilli qum, qumok, qumloq va bosh.) iborat bo`lib, ularning qalinligi (bo`r, davrning tub jinslari ustidan) 20 m, ba`zi joylarda 100 m. ga yyetadi. Shuningdek, kadimiy delta chetlarida, ba`zi kichik botiqlarda ko`l yotqiziqlari xam uchraydi. Quyi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi esa, asosan, antropogen davr allyuvial, eol yotqiziqlaridan — qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil topib, qalinligi 80— 140 m ga yyetadi. Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida esa hozirgi zamon yotqiziqlari, (qum, kumloq, gil) bo`lib, ular tarkibida har xil tuzlar mavjud, ba`zi joylari esa botqoqlashgan. Quyi Amudaryo okrugining qadimdan sug`orib dexqonchilik qilinadigan yyerlari (Xorazm) da qalishshgi 2—3 m ga yyetuvchi agroirrigao`iya qatlami vujudga kelgan. Quyi Amudaryo okrugi janubi sharqdan shimoli g‘arb tomonga cho‘zilgan bo‘lib, shu tomon kengayib, pasayib boradi. Okrug janubi sharqda Тuyamo‘yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo‘lib, kengligi bir xil emas. Pitnak balandligida (mutlaq balandligi 200 m atrofida) Amudaryo vodiysi juda torayib, Тuyamo‘yin tangligini hosil qiladi. Тuyamo‘yin tangligidan o‘tgach, okrugning kengligi kattalashib, taxminan 10-12 km, mutlaq balandligi 150 m ni tashkil etadi. So‘ngra Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanib, kengayadi (75-80 km). Тaxiatosh tangligidan shimoli g‘arbga qarab Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi. Delta bu qismda kengayadi (140-150 km) va pasayib, mutlaq balandligi 60-95 m ga tushib qoladi. Bu deltaning maydoni Orol suv sathining pasayishi hisobiga kengayib bormoqda. Orolning qurigan o‘rnida ulkan sho‘rqum, sho‘rxokli landshaftlar majmuasidan iborat tiрik cho‘l tarkib topdi. Bu cho‘lni Orolqum deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shamol ta’sirida o‘sha qumlar uchib, Quyi Amudaryoga tuz yog‘ini yog‘moqda. Mo‘ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 1000 kg tuzli changlar tushmoqda. Quyi Amudaryo yer yuzasi tekis bo‘lganligidan Amudaryo tarmoqlanib, ilonizi bo‘lib oqib, bir nechta o‘zanlar hosil qilgan. Eng muhim qadimiy o‘zanlari o‘ng qirg‘oqdan Orol tomon yo‘nalganlari Qora O‘zak, Shertanboy, Kindiksoy, Qorako‘lsoy kiradi. Chap qirg‘oqdan boshlanuvchi va Sariqamish tomon yo‘nalgan eng qadimiy o‘zanlari esa Ko‘hnadaryo, Daryoliq, Davdan hisoblanadi. Ana shu qadimiy o‘zanlar orasida nisbiy balandliklari 60-80 m ga yetuvchi bir nechta tepalik va qoldiq tog‘lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quyonchiq, Qoratov, Jumirtov, Barlitov va boshqalardir. Quyi Amudaryo okrugi negizida bo‘r davri yotqiziqlari joylashgan. Uning ustilarini paleogen, neogen va antropogen alluvial yotqiziqlari (gil, gilli qum, qumoq va boshqalar) qoplab olgan. Okrugda qazilma boyliklardan har xil tuzlar, qurilish materiallari, Sulton Uvays tog‘ida marmar, temir koni mavjud. Quyi Amudaryo okrugi yyer usti tuzilishi jihatidan yassi tekislik bo`lib, shimolga va shimoli-g`arbga qarab bir oz nishabdir. Lekin qiyaligi juda sezilarsiz (qiyaligi 0,0017) ligi tufayli Amudaryo tarmoqlanib, ilon izi bo`lib, sekin oqadi. Shuning uchun Amudaryoning qadimiy o`zanlari vujudga kelib uning relefini ancha murakkablashtirgan. Usha qadimiy o`zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yyetuvchi bir necha tepalik dar, marzalar va qoldiq tog`lar mavjud. Shular jumlasiga Quyanchiq, Qoratov, Qummeltov, Jumirtov, Borlitov, Kuskantov, Qoshqantov, Beltov, Manqir, Tuzqir, Tarimqiya, Zangibobo va boshqalar kiradi. Bu tepaliklarning ba`zilari qadim yaxlit bo`lib, daryoning «tentirab» okishi tufayli, ular bo`laklarga bo`linib ketgan. Daryoning o`sha qadimiy o`zanlari o`rnida esa kichik ko`llar vujudga kelgan. Quyi Amudaryo okrugi hududidagi eng muhim qadimiy o`zanlari uning o`ng qirg`og`idagilari — Orol tomon yo`nalgan Shortonbay, Kreyt-Uzak, Itkra-Uzak, QoraUzak, Kindiksay, Qorako`lsay va boshqalardir. Chap qirg`oqdan boshlanuvchi va Sariqamish bogig`i tomon yo`nalgan eng qadimiy o`zani Kuhnadaryo, Daryoliq va Daudan hisoblanadi. Ma`lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir qismi vaqtvaqti bilan (suvi ko`p bo`lganda) Ko`hnadaryo orqali Sariqamish ko`liga quyilib turgan. V. V. O`inzerlingning ma`lumotiga ko`ra 1878 yili Amudaryo suvi toshganda Qo`hnadaryo o`zanidan sekundiga 60 kubometr suv uch oy Sariqamish botig`iga oqib turgan. Quyi Amudaryo relefining tabiiy holatini o`zgartishda insonning xo`jalik faoliyati ham muhim relef hosil qiluvchi omilga aylangan. Chunki inson o`zining ko`p asrlik xo`jalik faoliyatida Quyi Amudaryo yyerlarini tekislagan, jarlarni to`ldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug yyer usti tabiiy holatini o`zgartgan. Quyi Amudaryo okrugi O`zbekistonning shimoli-g`arbida joylashganligi sababli qishi nisbatan sovuq, yozi esa issiq, quruq va serquyosh. Qishda okrug shimoli-sharqiy tomonidan esuvchi havo massasi ta`sirida bo`lib, harakat ancha pasayib ketadi. Bu yo`nalishdagi havo massasi ko`proq oktabr oyidan may oyigacha davom etadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy tomondan yyetib keluvchi havo massasi kuchsizlanib, so`ngra shimoldan va shimoli-g`arbdan esuvchi havo massasi ustunlik qiladi hamda sentabr oyigacha davom etadi. Sentabr oyidan boshlab yana shimoli-sharqiy yo`nalishga ega bo`lgan shamollar ustunlik qilib, harorat kechalari pasayib, sovuqlar bo`lishi mumkin. Quyi Amudaryo yuqorida qayd qilganimizdek, O`zbekistonning eng sovuq hududidan biri hisoblanib, o`rtacha yillik harorat 10—12SS atrofida bo`ladi. Quyi Amudaryo okrugida qish sovuq bo`lib, yanvarning o`rtacha harorati —4,5°—7,6°S atrofida (Xivada —4,5°, Chimmoyda — 7,6°) o`zgaradi. Ba`zan shimoldan va shimoli-sharqdan sovuq havo massasi kiryb kelgb, turyb qolib, eng past haroratni —33° (Taxiatoshda)ga pasaytirib yuboradi. Quyi Amudaryo okrugi O`zbekistonning eng qurg`oqchil hududi hisoblanib, yiliga 79—108 mm yog`in tushadi. Ng`in miqdori okrugning janubidan shimoliga tomon ortib boradi. Agar Xivada yillik yog`in miqdori 79 mm bo`lsa, Qo`ng`irotda 108 mm ga yyetadi. So`nggi yillarda Orol suv sathini pasayishi tufayli uning atrofida yozgi harorat ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Okrugda yog`in yil bo`yi bir xil tushmaydi. Eng ko`p yog`in qish va bahor fasliga, eng kam yog`in yozga to`g`ri keladi. Agar yillik yog`in miqdorini 100% desak, uning 35—40% qishga, 44—45% bahorga, 7—17% yozga, 10—15% kuzga to`g`ri keladi. Bahorda ba`zan yog`in jala tarzida yori6, qishloq xo`jalik ekinlariga, xususan, g`o`zaning yosh nihollariga zarar keltiradi. Quyi Amudaryoda shamolning kuchi va yo`nalishi hamma qismida bir xil emas. Orol dengizi yaqinida shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 4—5 m, okrugning janubida (Xivada) 3 m atrofida. Shamollar ko`pincha shimoliy va shimoli-sharqiy tomondan esadi. Shimoli-sharqiy shamollar ko`proq yilning sovuq faslida essa, shimoliy va shimoli-g`arbiy shamollar yilning issiq faslida esadi. Quyi Amudaryoda qish noyabrning birinchi yarmidan boshlanib, mart yigacha davom etadi. Birinchi sovuq tushadigan kunlar, oktabr oyining ikkinchi yarmidan boshlansa, oxirgi sovuqli kunlar aprelning birinchi yarmigacha davom etadi. Shunday qilib, sovuqsiz kunlar o`rtacha 193 kundan 208 kungacha (Chimmoyda 193 kun, Xiva 208 kun) davom etadi. Quyi Amudaryo okrugida kuzda birinchi sovuq tushishidan oldingi effektiv haroratlar yig`indisi 1902° dan (Qo`ng`irotda) 2385° gacha (To`rtko`lda) yyetadi. Quyi Amudaryo okrugida Amudaryoning eski va yangi deltasi joylashgan. Amudaryo o`zani bu qismda goh torayib, goh kengayib tarmoqlarga bo`linib oqadi. Amudaryo okrug hududida Pitoak yaqinida torayib, Tuyamo`yin tangligi hosil qiladi, vodiysining kengligi 450—480 m ga tushib qoladi, so`ngra yana kengayib 10 km ga yyetadi. Lekin Sultonvays, Quyanchiq, Qoratov, Jumurtov kabi past qoldiq tog`lar orasida Amudaryo vodiysi torayib, tangliklar hosil qiladi. Amudaryo Nukus shaharidan quyida tarmoqlarga ajraladi. Ularning eng muhimlari Qipchoqdaryo, Okdaryo Erkindaryo, Qo`hnadaryo, Qortaboyuzoq, Toldiqdaryo, Qozoqdaryodir. Bu tarmoqlariing ko`pchiligi hozir Amudaryoning suvi yuqori qismida sug`orishga sarflanishi tufayli quruq o`zanga aylanib, ularga faqat yozda vaqt-vaqti bilan suv yuboriladi. Amudaryo suvi sug`orishga sarflanishi tufayli okrugda yil sayin uning miqdori kamayib, tarmoqlarida keskin o`zgarishlar yuz bera boshladi. Faqat Quyi Amudaryo okrugidagina yyerlarni sug`orish uchun yiliga daryodan 24 m3 suv olinmoqda. Natijada Amudaryo Orol dengiziga yil sayin kam suv quymoqda. Amudaryo 1960 yili Orolga 37,8 km3 suv quygan bo`lsa, bu miqdor 1965 yilga kelib 25,2 km3 ga, 1975 yili 10,0 km3 ga, 1980 yili 8,3 km3 ga, 1985 yili 2,4 km3 ga tushib qoldi. So`nggi yillarda Amudaryo suvidan xalq xo`jalikda tejab foydalanish hisobiga 1987 yildan boshlab Orolga yana ko`proq suv quya boshladi ia 1988 yili 16,0 km3 suv oqizdi. Natijada Amudaryo deltasida keskin o`zgarish yuz berib, ko`p tarmoqlari qurib, suv faqat Oqdaryo Orlobavo`zak o`zani orqaligina Orolga qo`yilmoqda. Vaholanki, 1960 yili Amudaryo suvi Injenero`zak, Ordobayo`zaya ung va Chap Aqqay tarmoqlari orqali Orolga quyilar edi. Okrug hududida Amudaryoning oqimi uning umumiy oqim tartibiga (rejimiga) o`xshab, eng ko`p suv sarfi Nukus yonida iyula-vgust oylariga (yillik oqimining 35,0%), eng kam suv sarfi esa yanvar-fevral (yillik odimining 6,9%) oylariga to`g`ri keladi. Amudaryo suvi zovur, oqova va boshqa toifadagi suvlarning tashlanishi tufayli minerallashish darajasi ortib, har xil kimyoviy moddalar bilan ifloslanib borishi oqibatida (qishda suvi kamayganda sho`rlik har litrda 2,5—3,0 grammgacha yyetadi) undan ichimlik sifatida foydalanish davlat standartiga to`g`ri kelmay qoldi. Quyi Amudaryo okrugida 100 dan ortiq ko`llar bo`lib, ularning umumiy maydoni 285 km2. Lekin ular okrug hududi bo`yicha notekis joylashgan. Eng ko`p ko`llar Xorazm—Sarikamish deltasida joydashib, (60 dan ortiq) umumiy maydoni 127,74 km2 ga teng. Ko`llarning qolgan qismi Amudaryoning hozirgi zamon deltasida joylashgan. Amudaryoning qadimiy deltasidagi eng katta ko`llar qatoriga To`ng`izko`l, SHo`rko`l, Ulug`sho`rko`l, Ziyko`l, Oqko`l, Abilko`l kabilar kiradi. Amudaryoning hozirgi zamon deltasidagi eng muhim ko`llari — Sudoche, Qorateren, Xo`ja ko`l, Moshanko`l, SHecheko`llaridir. Quyi Amudaryo okrugida grunt suvining xususiyati litologik tuzilishi va relefiga bog`liq holda bir xil emas. Amudaryoning qadimiy deltasi hisoblangan Xorazm-Sariqamish relefi tekis bo`lsada, janubi-g`arbga, ya`ni Sariqamish botig`i tomonga bir oz nishab. Shu tufayli grunt suvlari o`sha tomonga qarab siljiydi. Lekin Amudaryoning hozirgi zamon deltasining relefi tekis bo`lganligi uchun grunt suvining siljishi juda sust. Chunki uning atrofini nisbatan baland bo`lgan yyerlar o`rab olgan. So`nggi yillarda Orol suvi sathining pasayishi tufayli grunt suvning shu tomonga siljishi uchun sharoit vujudga keldi. Quyi Amudaryo okrugida grunt suvi asosan Amudaryo va irrigao`iya shoxobchalaridan shimilgan suv hisobiga, qisman yog`inlardan to`yinib turadi. Okrugda grunt suvi yyer betiga ancha yaqin bo`lib, uning o`rtacha yillik chuqurligi sug`oriladigan zonada 0,83—2,69 m. SHo`r yuvish va vegetao`iya davrida grunt suv sathi ko`tarilib, chuqurligi 0,4—0,6 m tashkil etadi. Qishda grunt suvining sathi juda pasayib 2,2—3,6 m ga tushadi. Grunt suv sathi sug`oriladigan zonadan tashqarida chuqurlashib boradi. Sug`oriladigan zona chetlarida chuqurligi 10—15 m bo`lsa, okrugning cho`llar bilan tutashgan qismida 20—30 m ga yyetadi. Grunt suvning minerallashishi darajasi okrug hududida bir xil emas. Daryo va sug`orish shoxobchalari atrofidagi grunt sunnning bir litrida 2—5 gr har xil tuzlar bo`lsa, daryo va sugorish shoxobchalaridan uzoqda bo`lgan qismida 5—10 gr, sug`oriladigan mintaqadan tashqaridagi yyerlarda esa 10—50 gr tuz mavjud. Quyi Amudaryo okrugida tuproq hosil qiluvchi omillarning (ona jinsi, relefi, iqlimi, yyer osti suvlari, o`simlik qoplami) xususiyatlari turlicha bo`lganligi tufayli uning tuproq qoplami xam bir xil emas. Okrugning ko`p qismini o`tloq qayir, sug`oriladigan o`tloq (o`tloq voha) tuproqlari tashkil qiladi. Utloq qayir allyuvial va o`tlok botqoq tuproq turlari asosan Amudaryoning hozirgi zamon deltasining quyi qismning markazida joylashib, ustki qismida chirindi miqdori —3% ga yyetadi. Bu tuproq turi hamma kismida sho`rlashgan emas, faqat pastqam, grunt suvi yyer yuzasiga yakin bo`lgan joylarda sho`rlashgan. Bunday joylarda yana botqoq sho`rxok tuproqlar ham uchraydi. Sug`oriladigan o`tloq (o`tloq voxa) tuprog`i esa asosan Amudaryoning qadimiy deltasida va hozirgi zamon deltasining yuqori qismidagi o`tloq qayir allyuvial va o`tloq botqoq tuproqlar tarqalgan mintaqaning o`ng va chap tomonlarida joylashgan.Bu tuproq turi insoniyatning bir necha ming yillardan bsri davom etib kelayotgan xo`jalik faoliyati ta`sirida o`zipnng tabiiy holati o`zgarib, madaniy voha tuprog`iga aylangan. Quyi Amudaryo okrugining ko`llari atrofida, Orol, dengizi sohillarida, qadimiy daryo o`zanlarida botqoq, o`tloq botqoq, sho`rxok, botqoq sho`rxok tuproqlar uchraydi. Orol dengizi sohillarining sharqiy qismida Oqqala burnidan Qazohdaryoning quyi qismigacha bo`lgan hududlarda dengiz bo`yi sho`rxoklari joylashgan. Quyi Amudaryo okrugida sho`rxoklar yaxlit lenta hrsil qilmasdan sug`oriladigan yyerlar orasida ham «orol» holda uchraydi. SHo`rxokli taqir tuproq turlari asosan Amudaryoniig ho.chirgi zamon deltasida gil yotqiziqlari mavjud bo`lgan joylarda, xususan, uning Ustyurt platosiga tutash kismida hamda Amudaryoning o`ng sohillarida joylashgan. Quyi Amudaryo okrugida cho`l qumloq tuproqlari Mo`ynoq yarim orolida, okrugning Qizilqumga tutashgan sharqiy qismida va Amudaryoning kadimiy deltasini Qoraqumga yaqin qismlarida utraydi. Quyi Amudaryo okrugidagi qoldiq qirlar hisobldngan Qummoltau, Barlitov, Qashqantov, Beltov, Manqir, Tuzqir kabi past tog`larda Surqo`ng`ir tuproq turi mavjud. Quyi Amudaryo o`simlik qoplami uning relefi, iqlimi, yyer osti suvlari, tuprog`i va boshqa tabiiy omillarga bog`liq holda joylashgan. Shu sababli geobotanik nuqtai nazaridan okrug o`pshliklari quyidagi turlarga bo`linadi; to`kay, galofit va psam MO(1)IT. To`qay o`simliklar Amudaryoning hozirgi zamon deltasidagi utloq allyuvial, o`tloq botqoq, botkoq va o`tlok taqir tuproqlar tarqalgan qayirlarida katta maydonni o`z ichiga olb, qamishzorlar bilan qoplangan. Shushshgdek, bu yyerlarda qo`g`a, turang`il, yovvoyi jiyda, tol, yulg`un kabi o`simliklar ham o`sadi. To`qay o`simliklari yana Amudaryoning o`zaniga yaqin har ikkala sohillarida, suv bilan to`ladigan o`zanlarda, ko`llar atrofida ham uchraydi. To`qayzorlar ikki qavatdan (yarusdan) iborat bo`lib, yuqorisi tol, jiyda, turang`il yoki qo`ralardan, pasti esa yulgun, ruvak, qamish kabilardan iborat. Amudaryo deltasining o`tloq taqir, taqir tuproqlarda va sho`rxoklarda jingil formao`iyasi keng maydonni ishg`ol qiladi. Lekin sho`rxoklarda va sho`rlashgan yyerlarda tamaris jingil formao`iyasini siqib chiqarmoqda. Quyi Amudaryo okrugining o`tloq tuproqlar tarqalgan qismlarida ruvak, burdoyiq va ajriq kabi o`simliklar o`sadi. Shuningdek, Amudaryo deltasining quruq yyerlarida yantoq va ajriq kiyoq Quyi Amudaryo okrugining ba`zi joylarida sho`rxoklar ham uchraydi. Ular asosan Orol dengizining kurib qolgan sharqiy qismida, Sudoche ko`lining janubida joylaishb, galofit o`simliklar o`sadi. Ularning zng muhimlari sarisazan, qorabarak, tamaris, potash, itsegak va bir yillik sho`ra o`simliklaridir. Quyi Amudaryodagi surqo`ng`ir tuproqlar tarkalgan past tog`larda esa burgan, shuvoq kabilar uchraydi. Quyi Amudaryoning Qizilqum va Qoraqumga tutashgan qismida, qum va qumli tuproqlar tarqalgan joylarda cho`lga xos psammofit o`simliklar — selin, juzrun, oq saksovul, quyonsuyak, qizilcha, sho`ra mavjud. Quyi Amudaryo okrugining o`ziga xos tabiiy sharoiti uning hayvonot olamiga xam ta`sir etgan. Bu okrugda sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar boshqa okruglarga nisbatan ko`proq tarqalgan, Qushlarning 222 turi, sut emizuvchilarning 31 turi (asosan kemiruvchilar), baliqlarning esa 30 turi mavjud. Quyi Amudaryoning antropogen landshafti (sug`orishga o`zlashtirilgan hududlarda) mavjud bo`lgan katta qismida uy sichqoni, ko`rsichqon, plastiksimon tishli kalamush, tipratikan va har xil kushlar (chumchuq, mayna, zarg`oldoq, bedana) yashaydi. Daryo qayirlarida, ko`llarda qushlardan — qirg`ovul, g`oz, o`rdak, oqqush, qo`ton, birqozon (soqoqush), chayka, qorabuzov, chittak, baklan, pelikan, laylak, chumchuqlar; sut emizuvchilardan andatra, tulki, chiyabo`ri, to`qay mushugi, bo`rsiq.
Quyi Amudaryo okrugining iqlimi kontinental bo‘lib, qishi davomli va sovuq, yozi nisbatan quruq va issiq. Okrugning shimoliy qismi tekis bo‘lganligidan qishda shimoli sharqdan Sibir antisikloni, shimoldan Arktika havosi to‘siqsiz kirib keladi. Natijada, qishda harorat pasayib, yanvarning o‘rtacha harorati –4,5–7,6°C atrofida o‘zgaradi. Ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat –32 –33°C ga tushib qoladi. Iyulning o‘rtacha harorati +27,0 +28,0°C. Eng yuqori harorat +44 +46°C. Quyi Amudaryo hududi O‘zbekistonda eng kam yog‘in tu- shadigan joy. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 80-100 mm. Bunga asosiy sabab, okeanlardan uzoqda, yerusti tekis, yozgi haroratining yuqoriligidir. Yog‘in, asosan, bahorga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrlarda g‘arbdan va shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib turadi. Qor qoplami uncha qalin emas. Lekin mumkin bo‘lgan bug‘lanish yog‘inga nisbatan 20 marta ko‘p bo‘lib, yillik miqdori 2000 mm ga yetadi. Quyi Amudaryo okrugining yagona daryosi — Amudaryodir. Bundan yarim asr avval daryo sersuv bo‘lib (1961-yilgacha), Orolga yiliga 30,98 km.kub suv quygan edi. So‘ngra Amudaryo havzasida suvdan xo‘jalikda betartib foydalanish tufayli daryo Orolga yil sayin kam suv quya boshladi. Amudaryo suvi Shovot, Toshsaqa, Qizketgan, Suyenli kabi magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanadi. Sug‘oriladigan mintaqada vujudga kelgan zovur suvlari Daryoliq, Ko‘llar (Ozerniy) magistral zovurlari orqali yiliga 4,5-5,5 km.kub qaytarma suvlar Sariqamish ko‘liga oqizilmoqda. Quyi Amudaryo okrugining shimoliy qismida vujudga kelgan zovur suvlarining bir qismi (yiliga 1,0 km.kub) Orolga yo‘naltirilgan, qolgan qismi tabiiy chuqurliklarga oqizish tufayli bir necha ko‘llar vujudga kelgan. O‘sha ko‘llarning eng muhimlari — Sudochye, Qorategin, Xo‘jako‘l, Sho‘rko‘l, Ziyko‘l, Abilko‘l va boshqalardir. Quyi Amudaryo okrugida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Tuyamo‘yin suv ombori (suv sig‘imi 8,6 km.kub) qurilgan. Amudaryoda yerosti suvlari yuza joylashgan bo‘lib (yer yuzasi tekis bo‘lganligi tufayli), siljishi qiyin. Binobarin, ularning suvi sho‘r bo‘lib, chuqurligi sug‘oriladigan mintaqada 1,0-2,5 m, sug‘oriladigan mintaqadan tashqaridagi yerlarda 5-10 m ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo hududida eng keng tarqalgan tuproq — o‘tloq-voha tuprog‘idir. Bu tuproq alluvial yotqiziqlar ustida vujudga kelgan bo‘lib, chirindi miqdori 2 foiz atrofida. Amudaryo qayirlarida o‘tloq-botqoq, botqoq-sho‘rxok, to‘qayzorlarida esa botqoq tuproqlar mavjud. Amudaryodan uzoqlashgach, tuproq turlari o‘zgarib, o‘tloq-tuproq o‘rnini sho‘rxok va taqir tuproqlar egallaydi. Balandlik va kichik past tog‘larda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar, Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida sho‘rxoklar mavjud. Shunday qilib, Quyi Amudaryo okrugining ko‘p qismini o‘tloq-qayir alluvial, sug‘oriladigan o‘tloq (o‘tloq-voha) tuproqlari tashkil qiladi. O‘tloq-qayir alluvial va o‘tloq-botqoq tuproq turlari ko‘proq Amudaryoning hozirgi zamon deltasi quyi qismida joylashgan. Bu tuproq turlari hamma qismida sho‘rlashgan. Sug‘oriladigan o‘tloq (o‘tloq-voha) tuprog‘i, asosan, Amudaryoning qadimiy deltasida, qisman hozirgi zamon deltasining yuqori qismidagi o‘tloq-qayir alluvial va o‘tloq-botqoq tuproqlar tarqalgan mintaqaning o‘ng va chap tomonlarida joylashgan. Quyi Amudaryoning Qoraqum va Qizilqumga tutashgan yerlarida qumoq, qumli tuproqlar tarqalgan.
Quyi Amudaryo okrugidagi ko‘llar atrofida botqoq-sho‘rxok va sho‘rxok tuproqlar mavjud. Uning to‘qaylarida qamish, yantoq, qo‘g‘a, turang‘il, yovvoyi jiyda, yulg‘un, chingil, qiyoq, tal kabi o‘simliklar o‘sadi. O‘tloq tuproqli yerlarda bug‘doyiq, ajriq, ro‘vak kabilar mavjud. Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan qismlarida uy sichqoni, ko‘rsichqon, kalamush, tiрratikan va har xil qushlar (chumchuq, mayna, zarg‘aldoq, bedana) yashaydi. Daryo qayirlari, ko‘llar atrofi hamda to‘qayzorlarda g‘oz, o‘rdak, oqqush, qirg‘ovul, qo‘ton, jingalakdor birqozon, qorabuzov, saqoqush, ondatra, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz va bo‘rsiq uchraydi. Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan cho‘llarida yumronqoziqlar, kulrang gekkon, qum sichqoni, kaltakesaklar, o‘qilon, efa, cho‘l mushugi, tulki yashaydi. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugidagi to‘qay landshafti va u yerdagi hayvon hamda qushlarni (Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, olachiрor va boshq.) muhofaza qilish uchun Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etilgan. Shuningdek, Amudaryo deltasidagi faunani saq- lash uchun Sudochye buyurtmaxonasi mavjud.
Quyi Amudaryo deltasining Qizilqum va Qoraqumga tutashgan qismlarida va delta ichidagi o`zlashtirilmagan qumli cho`llarda toshbaqa, yumronqoziqlar, kul rang va taroq barmoqli gekkon, qum sichqoni, yumaloq boshli kaltakesak, cho`l mushugi, tulki, o`qilon, efa uchraydi. Quyi Amudaryo okrugida baliqlar ko`p bo`lib, ular daryoda va uning tarmoqlarida, ko`llarda, irrigao`iya shoxobchalarida yashaydi. Eng ko`p tarqalgan laqqa baliqlar, cho`rtan baliqlari, osyotrlar, losossimon baliqlar va boshqa baliqlardir. Quyi Amudaryo okrugida to`qay landshafti va u yyerdagi qushlar va boshqa hayvonlarni muhofaza qilish uchun Baday to`qay qo`riqxonasi hamda Quyi Amudaryo (delta landshafti va u yyerdagi qush, baliqlarni asraydi), Nuruntbek (to`qay landshafti va cho`chqa, chiyabo`ri, qirg`ovul), Xorazm (ko`l landshafti va u yyerdagi suv qushlari) kabi buyurtmalar mavjud. Quyi Amudaryo okrugining tabiiy boyliklari xilma-xil bo`lib, eng muhimlari yyersuv resursidir. Bu okrug xududida 2,4 mln gektarga yaqin sug`orishga yaroqli yyerlar mavjud. Lekin hozir 0,6 mln gektar maydondagi yyerlar sug`oriladi, xolos. Ikkinchi muhim resursi qamishzorlari va o`tloqlaridir. Okrug hududiga 0,5 mln ga atrofida qamishzorlar mavjud edi, lekin xozir Amudaryo deltasiga suv kam yyetib borayotganligi uchun uning maydoni yil sayin kamaymoqda. Qamishzorlar sifatli yyemxashak, silos xom-ashyosidir. Ma`lumotlarga ko`ra 10 t qamishdan 8 t silos olish mumkin. Uchinchi muhim resursi sifatli mo`yna beruvchi ondatra hisoblanadi. Lekin so`nggi yillarda Amudaryo deltasidagi o`zanlar va ko`llarda suv qurib qolganligi tufayli ondatra terisini tayyorlash ham, baliq ovlash ham kamayib ketmoqda. Quyi Amudaryo okrugi tabiiy sharoitiga, ayniqsa, tuproq o`simlik qoplamining xususiyatiga ko`ra Chimboy-Qo`ng`irot, Beltov va Xorazm kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. I. L. N. Babushkin, N. A. Qogay (1964) ma`lumotiga ko`ra Chimmoy-Qo`ng`irot tabiiy geografik rayoni Amudaryoning hozirgi zamon deltasi va unga har ikki tomondan yondoshgan xududlarni o`z ichiga oladi. Rayon shimolda Orol dengizi bilan, g`arbda Ustyurt okrugi bilan, sharqda Beltov rayoni bilan, janubda Xorazm rayoni bilan chegaralanadi. Rayonning qishi sovuq (yanvarning o`rtacha harorati—7,5°) va davomligi (3,5 oy), vegetao`iyali qish kuzatilmaydi, yoz issiq (iyulning harorati 26°). +10° dan yuqori bo`lgan kunlardagi haroratning yig`indisi 3800° dan oshmasligi bilan okrugdagi boshqa rayonlardan farq qiladi. Rayon quyidagi tabiiy geografik landshaftlarga bo`linadi: Orol suv sathining pasayishi tufayli quruqlikka aylangan,
grunt suvi yuza va o`ta sho`r, o`simlik deyarli o`smaydigan yoki siyrak holda galofit tur o`simliklar o`suvchi botqoq sho`rxok va o`tloq sho`rxok joylardan iborat bo`lgan landshaft. Bir yillik sho`ralar o`suvchi sho`rxokli delta tekisliklar
landshafti. Bu tur landshaft birinchi landshaftning janubida,
Orolning qadimiy qirg`oqlarida hamda madaniy landshaftlar orasida uchraydi. 3. Negizi mezokaynazoy yotqiziqlaridan iborat bo`lgai, shuvoq
o`suvchi surko`nrir tuproqli past qoldiq tog`lar (Qushqantov —
mutloq balandligi 123 m, Qizillar mutloq balandligi 117 m) landshafti. 4. Amudaryo deltasining o`tloq, botqoq va qayir allyuvial tuproqlari tarqalgan to`qay o`simliklari o`suvchi yangi qayir va qayirlar landshafti. 5. Amudaryoning chap sohilidagi qora saksovul o`suvchi taqir sho`rxok tuproqli delta tekisliklar landshafti. 6. Amudaryoning allyuvial delta tekisliklarida va qayirlarida joylashgan o`tloq allyuvial va taqir tuproqli madaniy landshaftlar. Beltov tabiiy geografik rayoni Chimboy-Qo`noirot rayonining sharqida joylashib, janubda Qizilqum okrugi bilan shimol, shimoli-g`arbda Orol dengizi, shimoli-sharqda Qozog`iston bilan chegaralanadi. Rayon kenglik bo`ylab cho`zilgan Beltovni, Orol bo`yini, Beltovning janubi, janubi-sharqida joylashgan Oqdaryo, Janadaryolarning delta tekisliklarini o`z ichiga oladi. Rayon okrugidagi eng sovuq qish (yanvarning o`rtacha harorati —9,2°), yozi esa eng issiq (iyulning o`rtacha harorati +29°) hudud xisoblanadi. Rayonda vegetao`iyali qish kuzatilmaydi. Harorati +10° dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi katta bo`lib, 4180 darajaga yyetadi. Rayon hududida quyidagi landshaft turlari uchraydi: Dengiz chekinishi tufayli quruqlikka aylangan, galofit tur o`simliklar siyrak o`suvchi sho`rxok, o`tloq-sho`rxok, botqoq sho`rxoklardan iborat bo`lgan Orol dengiz qirg`oq bo`yi tekisliklar landshafti. Beltovniig shimolidagi saksovul o`suvchi marzasimon relefga ega bo`lgan eol qumli tekisliklar landshafti. Negizi mezokaynazoy jinsli, shuvoq o`suvchi surqo`ng`ir tup roqli past qoldiq tog` (Beltov) landshafti. Oqchadaryo va Janadaryo allyuvialdeltasidagi qora saksovul o`suvchi taqir tuproqli, sho`r xamda sho`rxokli delta tekis liklar landshafti. Xorazm tabiiy-geografik rayoni okrugning janubiy, asosan, sug`orib madaniy landshaftga aylantirilgan Amudaryoning qadimiy deltasini o`z ichiga oladi. Rayon hududida Amudaryoning (qadimiy o`zanlari —Daryoliq (Ko`nadaryo), Dovdan, Charmonyab, Tanidaryo allyuvial tekisliklari joylashgan. Rayonda qishi nisbatan sovuq bo`lmaydi (yanvarning o`rtacha harorati—5°), vegetao`iyali qishi 10%ni tashkil etuvchi, yozi issiq (iyulning o`rtacha harorati 27,5°) va quruq xududdir. Rayon termik resursi jihatidan okrugda oldingi o`rinda bo`lib, +10°dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 4250 darajaga yyetadi. Lekin yillik yog`in miqdori eng kam bo`lib, 80 mm ni tashkil etadi, vaholanki, bu ko`rsatkich Chimboy-Qo`ng`irot rayonida 90— 110 mm dir. Xorazm tabiiy-geografik rayonida quyidagi landshaft turlari mavjud. Tabiiy-geografik rayonning janubi-sharqiy qismida joylashgan, efemer o`simliklari bilan band bo`lgan, sur-qo`ng`ir tuproqli qadimiy (pliotsen — eski to`rtlamchi davr), platolar landshafti. Amudaryoning allyuvial delta tekisligidagi qora saksovul o`suvchi taqir sho`rxok va sho`rxokli delta tekisliklar landshafti. Amudaryoning qadimiy o`zanlari atrofida va rayonning janubi Ungizorti Qoraqumiga tutashgan joylardagi yantoq o`suvchi delta tekisligining eol qumli landshafti. Amudaryoning yangi qayirlarida joylashgan to`qay o`simliklari bilan qoplangan o`tloq va botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landshafti. Ko`llar atrofida va kichik sho`rxokli botiqlarda joylashgan bir yillik sho`ralar (soyanka) o`suvchi delta tekisliklaridagi sho`rxoklar landshafti. Xorazm vohasining delta tekislikligidagi o`tloq tuproqli madaniy landshaft. Foydalanilgan adabiyotlar:
Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.