Oila tarbiyasi. Oila va ijtimoiy tashkilotlar bilan aloqa
Maqsad: ijtimoiy - tarixiy odamlar o’rtasidagi aql-idrokka va his-tuyg’uga, axloqiy tarbiyaga, manaviy va insoniy qadriyatlarga asoslangan tarbiyani yetkazish, bolalar va yoshlarda jahon va milliy madaniyatni, xalqning an’analiriga va jamiyat ehtiyojiga asoslangan umuminsoniy va milliy qadriyatlarini anglab yetish.
Shaxsning o’z-o’zini anglash va yuksaltirish ehtiyojlarini shakllantirish
Maqsad: inson - inson, inson - texnika, inson - tabiat, inson - jamiyat tizimida boshlang’ich bilimlami shakllantirish; yosh avlodga uni o’rab turgan atrof - muhit haqida tushunchaga ega bo’lishi uchun yordam berish, undagi maqsadini anglab yetish, insoniylik nuqtayi nazaridan atrof muhitga nisbatan o’zining dunyoqarashini tartibga solish; shaxsning o’zini yuksaltirish, qobiliyatini vapotensial imkoniyatiarini amalga oshirishga yordam berish.
Umumiy va individual sifatlarni (shaxsning ijtimoiy moslashuvi, ijtimoiy faollik, ijtimoiy turg’unlikni) shakllantirish
Maqsad: ijtimoiy tizimda mustaqil va ijodiy usulda yuksaltirish, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlarga tezda va mos ravishda javob berish, hayotda faol o’ringa ega bo’lish. Kommunikativ madaniyatni shakllantirish
Maqsad: o’zini tutish me’yorlarini aniqlash, qadriyatlarni yuksaltirish me’yor qoidalarini ko’ rsatish, muomala madaniyatini shakllantirish, aloqalar o’rnatish, ularni rivojlantirish, ijodiy
faoliyatini, o’z fikrini individual ravishda bayon qilishni yo’lga qo’yishni rivojlantirish, Ekologik tarbiya
Maqsad: inson ongida tabiatga bo’lgan axloqiy munosabatlarni shakllantirishda, tabiiy resurslar holati uchun shaxsan javobgarlik tuyg`usini va odamlar bilan o’zaro ta’sirini tarbiyalash.