Ularning yoshga qarab o’zgarishi mashg’ulot maksadi va uning tavsifi



Yüklə 215,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix21.04.2023
ölçüsü215,27 Kb.
#101385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2318-Article Text-6026-1-10-20200528

hepatogastricum, o’n ikki barmoq ichakka tortilib, lig. hepatoduodenale ni hosil qiladi. Bu 
oxirgi ikki boylam ikki varaq qorin pardadan iborat bo’lib, kichik charvi omentum minus deb 
ham atalib, bu ikki varaq vistseral qorin parda orasida qontomir, limfatomir, limfatik tugun va 
nervlar joylashadi. Oshqozonning old va orqa yuzasidan o’rovchi bu ikki varaq uning katta 
egriligida yana uchrashadi va ko’ndalang chambar ichakning, ingichka ichakning old yuzasidan 
pastga yo’nalib, katta charvi omentum majus ning old plastinkasini hosil qiladi. Bu plastinka 
har xil holda pastga tushib yana orqaga buklanadi va yuqoriga ko’tarilib, katta charvining orqa 
plastinkasini hosil qiladi. SHunday qilib, katta charvi to’rt varaq qorin pardadan iborat bo’ladi. 
Katta charvining orqa plastinkasi ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichiga yopishadi va u 
bilan birga oshqozon osti bezining old qirrasiga boradi: u yerdan qorin parda varaqlari ikkiga 
ajraladi. Ulardan biri yuqoriga, ikkinchisi pastga yo’naladi. Yuqori varaq oshqozon osti bezining 
old yuzasidan yuqoriga, diafragmaga yo’naladi. Boshqasi esa pastga yo’nalib, oshqozon osti 
bezining pastki yuzasidan colon transversum tutqichiga o’tib ketadi. Agar qorinning old 
devoridagi parietal qorin pardaning yo’lini yuqoriga emas, balki ko’ndalang yo’nalishda ko’rsak, 
unda qorin parda old devordan qorinning yondevoriga, undan orqa devorga o’tib, o’ngdan 
ko’richak va chuvalchangsimon o’simtani har tomondan o’rab, oxirgi tuzilma uchun meso 
appendix ni hosil qiladi. Qorin parda colon ascendens old va ikki yonidan o’raydi. So’ngra o’ng 
buyrakning pastki qismi old yuzasini o’rab, medial yo’nalishda m.psoas va siydik yo’lining old 
yuzasidan o’tib, ingichka ichak tutqichi ildizi radix mesemterii oldida ichak tutqichning o’ng 
varag’iga buralib o’tadi. Ingichka ichakni har tomondan seroz parda bilan ta’minlab, ichak 
tutqichning chap varag’iga o’tadi. Ichak tutqichining chap varag’i o’z ildizi sohasida qorinning 
orqa devoridagi parietal varaqqa o’tadi. Va chap buyrakning pastki qismini qoplab colon 
descandens ga o’tadi. Pastga tushuvchi chambar ichak ham yuqoriga ko’tariluvchi chambar 
ichak bilan bir xil holda qorin pardaga nisbatan joylashadi. So’ngra qorin parda yana qorinning 
old devoriga o’tadi. 
Qorin pardaning tuzilishini o’zlashtirishi oson bo’lishi uchun, uning bo’shlig’i 3 qavatga: 
yuqori, o’rta va pastki qavatga bo’linadi. 
1.Qorin parda bo’shlig’ining yuqori qavati uchta haltaga bursa hepatica, bursa 

Yüklə 215,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin