transversumyopishib, charvi haltasining pastki devorini hosil qiladi.CHarvi haltasining chap
devorini taloq boylamlari- lig. gastrolienale, lig. phrenicosplenicum tashqil qiladi.
Katta charvi Katta charvi omentum majus, ko’ndalang chambar ichakcolon transversum dan
fartuk shaklida osilib, ingichka ichakni old tomondan yopib turadi. Katta charvi uzida kup yog
to’qimasini tutadi. Katta charvi 4 varaq qorin pardadan iborat. Bu to’rt varaq qorin parda o’zaro
yopishib ketgan. CHarvining oldingi plastinkasini oshqozonning katta egriligidan boshlanib,
colon transversum ning oldindan o’tuvchi qorin pardaning ikki varag’i tashqil qiladi. Qorin
pardaning bu varaqlari oshqozon va ko’ndalang chambar ichakni o’zaro yopishtiradi va lig. gastrocolicum nomini oladi. So’ngra bu ikki varaq qorin parda oldinga va pastga yo’nalib, qov
birlashmasigacha tushishi mumkin. So’ngra yana orqaga buralib katta charvining orqa
plastinkasini hosil qiladi. Buning natijasida katta charvi to’rt varaq qorin pardadan iborat bo’ladi.
Katta charvi normada ingichka ichak bilan bitishmagan holda turadi. Katta charvi o’zida ko’p
sonli limfatugunlarni tutadi.
2. Qorin parda bo’shlig’ining o’rta qavati, agar katta charvi va ko’ndalang chambar
ichakni yuqoriga ko’tarilsa, ko’zdan kechirishga oson bo’ladi. Agar ikki yon tomondan yuqoriga
ko’tariluvchi va pastga tushuvchi chambar ichaklarni, o’rtadan esa ingichka ichak tutqichini
chegara deb olinsa, qorin parda bo’shlig’ining o’rta qavati to’rtta bo’limga bo’linishi ko’rish
mumkin: qorinning ikki yon devori va colon ascendens va colon descendens oralig’ida chap va
o’ng yon kanallar, canales lateralis dexter et sinister joylashsa, ingichka ichak tutqich, yo’g’on
ichak bilan chegaralangan joyni yuqoridan pastga va chapdan o’ngga qiyshiq yo’nalgan ikki
ichak tutqich sinuslari sinus mesentericus dexter et sinister ga bo’lib qo’yadi.
Ichak tutqich mesenterium, ingichka ichakni qorinning orqa devoriga mahkamlab
turuvchi, qorin pardaning ikki varag’idan iborat. Ichak tutqichning orqa cheti, uning ildizi,