Ulug’ ajdodlarimiz


O‘qitishni tashkil etish shakllari



Yüklə 118,53 Kb.
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü118,53 Kb.
#150971
1   2   3   4   5   6   7   8
Ulug’ ajdodlarimiz-hozir.org

O‘qitishni tashkil etish shakllari. Dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruh.

O‘qitish vositalari. O‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari. Tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari. Kuzatish, blits-so‘rov, joriy va yakunlovchi nazorat natijalari tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari. O‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘ulotida ham, butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari YB, YDA sinovlari tarzida o‘tkaziladi va baholanadi.
O’zbek atamasining kelib chiqishi


G ’arb olimlaridan bo’lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden «o’zbek» atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O’rda xoni O’zbekxondan anchagina oldin paydo bo’lgan deb ta’kidlashsa, boshqa bir guruh (P.P.Ivanov. A.Yu.Yakubovskiy, X.Hukhem) bu atamani O’zbekxon (yashagan yillari: 1283-1341, taxtda o’tirgan yillari: 1213-1241) nomi tufayli paydo bo’lgan deb da’vo qilishadi. 
Ba’zi olimlar esa, masalan, M.Ermatov «o’zbek» so’zining paydo bo’lishini turkiy qabilalardan bo’lmish uz(o’z)lar bilan bog’laydi.
Ammo, ma’lumki Oltin O’rda xoni O’zbekdan avval ham bu atama mavjud bo’lgan. Masalan, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O’zbek edi deb qayd etadi. Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o’zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O’zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo’shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O’zbek bo’lgani ma’lum.
Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o’zbek» etnonimi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani bepoyon Dashti Qipchokda ko’chmanchilik qilgan turk-mo’g’ul urug’larining ayrim qismi o’zlarini erkin, hech kimga bo’ysunmagan deb bilganlari sababli «o’zbek», ya’ni «o’ziga bek» deb atagan deb da’vo qilinsa, yana bir guruh olimlar Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini, demak, «o’zbek» ildizini ham olisdan izlash lozimligini uqtirib o’tishdan iborat.
Men «o’zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog’larimdan qiziqqanman. Hozir bu haqda batafsil to’xtalib o’tirmoqchi emasman. Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko’rarman.
Bu masalani hal qilish, «o’zbek» atamasining paydo bo’lishiga aniqlik kiritish oson emasligini yana bir ta’kidlayman. Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar» kitobida (Toshkent, «O’qituvchi», 1994, 196-bet) juda to’g’ri qayd etganidek, bu «masala shu qadar mushkul, jiddiy va nozikki, uni ilmiy jihatdan tahlil etish bir kishi qiladigan ish emas. Buning uchun arab, fors, xitoy va boshqa tillarda yozilgan manbalarni bemalol o’qiy oladigan tarixchi, etuk arxeolog va antropolog, yaxshi tilshunos olim, qadimiy xalqlar haqida ularning turish-turmushi, dini, e’tiqodi va boshqa belgilariga qarab ilmiy xulosa chiqara oladigan etnograf, klassik jug’rofiya ilmini, ayniqsa, toponimikani yaxshi bilgan jug’rof, xalq og’zaki ijodini mukammal bilgan folklorchi olimlarning birgalikda, boshqa yumushlarni yig’ishtirib qo’yib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shug’ullanishi talab qilinadi».
Hozircha esa “o’zbek” atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir farazning to’rt kishi tomonidan aytilishi haqidagi ma’lumotni sizning e’tiboringizga havola qilmoqchiman, xolos.

Yüklə 118,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin