Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə7/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, davlat rivojlanishida eng muhim omil nima?
2. «Har bir inson – noyob tabiiy boylik» degan fikrni izohlang.
3. Ta’lim qanday qilib insondagi iste’dodni yuzaga chiqaradi?
4. Bilimga asoslangan jamiyatda qanday ko‘nikmalar insonlarga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi?
Mulohaza uchun
Dunyoga kelgan har bir inson – davlat uchun tom ma’nodagi noyob boylikdir. Unda o‘ziga xos qobiliyat yashiringan bo‘ladi. Shu qobiliyat yuzaga chiqsa, undagi iste’doddan butun jamiyat manfaatdor bo‘ladi.
Insondagi iste’dodni kashf qilishning vositasi – ta’lim. Tabiiy xomashyo resurslari dunyo miqyosida deyarli adog‘iga yetmoqda. Shu sababli mamlakatlarning e’tibori inson aql-zakovatini «zabt etish»ga qaratilgan. Inson omili yuksalib, jahon iqtisodiyoti tobora bilimga asoslangan sohalar ixtiyoriga o‘tmoqda. E’tibor qiling, dunyoning eng boy kompaniyalari ham aql evaziga boyimoqda. Hozirgi jarayonda ko‘proq bilim olib, ilg‘or fikrlarni ilgari surish – muvaffaqiyat asosidir.
Jamiyat rivoji shaxslarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Inson omili yuksalgani sayin davlat ham taraqqiy etib boradi. Shaxsiy rivojlanish – umr bo‘yi davom etadigan jarayon. Odamlar salohiyatlarini anglash va yuksaltirishni istasalar, ular maqsadlarini belgilashlari hamda ularga yetish uchun zarur qobiliyat, fazilatlarini rivojlantirishlari kerak.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin