I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Bilasizmi? «Vatan» atamasi arabcha so‘z bo‘lib, «tug‘ilgan makon», «ona yurt» ma’nosini anglatadi. Vatan – bu insonning tug‘ilib o‘sgan yeri, uning go‘daklik chog‘idanoq mehr qo‘ygan maskanidir.
Jamoaviy mashg‘ulot Tasavvur qiling, rassom quyidagi hikmatlardan biriga surat ishlamoqchi. Unga bu fikrlarni suratda ifodalash uchun g‘oya bering. Ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli eng go‘zal narsalar bunyod bo‘ladi.
Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin.
Soyasida o‘tirmasligini, mevasini yemasligini bilsa ham, daraxt ekkan inson, hech bo‘lmasa, hayotning mazmunini tushuna boshlabdi.
Ma’naviyat xazinasidan Inson Vatanini sevgani bois ham dunyo obod bo‘lgan.
Ali ibn Abu Tolib Avlodlarga qoldirish mumkin bo‘lgan eng munosib meros – Vatan erkinligi, zaminni sevish tuyg‘usi hamda go‘zal tarbiyadir. Sharq hikmati Mulohaza uchun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1998-yili tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashuvda talaba qizning «Vatan siz uchun nima, Vatanni siz qanday tushunasiz?» degan savoliga quyidagicha javob bergan:
«Singiljon, – dedi shoir hayajon bilan, – mana siz, o‘qishni tugallab shifokor bo‘lasiz. Bemorlarni davolaysiz. Ayting-chi, jonsiz tanani davolash mumkinmi? Yo‘q. Vatan men uchun – jon. Jonsiz yashab bo‘lmaganidek, Vatansiz ham yashab bo‘lmaydi. «Jon shirin» deyishadi. Vatan – jondan ham shirin.
Hayotimni, olayotgan har nafasimni, bosayotgan har qadamimni, aytayotgan har so‘zimni shu shirin jonsiz tasavvur qila olmayman. Men Vatanni shundoq tushunaman...»
ULUG‘LARNI, SHOHLARNI YIG‘LATGAN – VATAN SOG‘INCHI Imom Termiziy rivoyat qilishicha, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Makkani tark etishga majbur bo‘lganlarida, shahar chegarasida orqalariga qarab shunday degan ekanlar: «Qandayam yaxshi shaharsan, qandayam menga suyuklisan! Agar meni sendan chiqarib yuborishmaganida, sendan boshqada yashamasdim».