Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Tug‘ilgan kunini nishonlamoqchi bo‘lgan qizning xatosi nimada edi?



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə14/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

1. Tug‘ilgan kunini nishonlamoqchi bo‘lgan qizning xatosi nimada edi?
2. Nima sababdan bilgan ham, bilmagan ham qizning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun shaharchaga to‘plandi?
3. Politsiya tartibsizlikni bartaraf qilmaganida, voqealar rivoji Haren shahri uchun qanday yakunlanishi mumkin edi?
Ma’naviyat xazinasidan
Ikki narsa borki, ko‘pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri – sog‘lik, ikkinchisi esa – bo‘sh vaqt.
Hadis


VAQTNI TO‘G‘RI TAQSIMLASH
O‘qituvchi stol ustidagi idishga bir necha dona qayroqtoshlarni soldi. «Nima deb o‘ylaysizlar, idish to‘ldimi?» – so‘radi u o‘quvchilardan. Idishda ko‘rinib turgan qayroqtoshlarni ko‘rib, sinf uning to‘lganini tasdiqladi.
So‘ng o‘qituvchi dars avvalida stol ustiga yoygan qog‘ozdan yarim hovuch mayda shag‘al toshchalarni olib, idishga soldi va yana o‘quvchilardan idishning to‘lgan-to‘lmaganligini so‘radi. Qayroqtoshlar orasidan sirg‘anib, bo‘sh joylarni to‘ldirgan shag‘alni ko‘rgan o‘quvchilar yana bir ovozdan idishning to‘lganini tasdiqlashdi.
Shundan keyin o‘qituvchi kaftini qog‘oz ustidagi qumga to‘ldirib, uni qayroq va shag‘alga to‘lgan idish ustiga to‘kdi. To‘lganligi bir necha marotaba tasdiqlangan idishga bir kaft qum zarralari ham singib ketdi. O‘quvchilar bu gal ham bu tajribaning nima bilan tugashiga qiziqib, «To‘ldi!» deb javob qaytarishdi.
«Bu idish sizning umringiz timsoli: qayroqtoshlar – sizning oilangiz, yaqin do‘stlaringiz, salomatligingizdir. Mayda shag‘al donalari – sizning ishingiz, qiziqish va boshqa istaklaringiz. Qum esa – hayotingizdagi boshqa mayda-chuydalardir», deya so‘zini tugatdi o‘qituvchi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Idishga birinchi bo‘lib qumni solsak, nima bo‘ladi?
2. Hayotda avval mayda-chuydalarga navbat berish qanday oqibatlarga olib keladi?
3. Hayotingizdagi «qayroqtosh», «mayda shag‘al», «qum»ga misol keltiring.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin