Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə16/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Oila nega baxt qo‘rg‘oni deyiladi?
2. Oilaning inson muvaffaqiyatidagi o‘rni qanday?
3. Oilaviy an’analarning ahamiyatini bilasizmi?
FARZAND – OILANING YUZI
Har bir farzand oilaning yuzidir. Jumladan, siz ham. Chunki sizning jamiyatda o‘zingizni qanday tutishingiz, atrofdagilar bilan muomalangiz orqali oilangizga baho beriladi. Yomon muhit hukmron joyda ezgulik urug‘i unishi amrimahol.
Agarda sog‘lom bolani tarbiyalashni alloma Ibn Sino uning tug‘ilgan vaqtidanoq boshlash kerak degan bo‘lsa, Umar Xayyom o‘zining fan tarixiga oid asarlarida bolaning tarbiyasini uni ona qornidagi davridanoq boshlash lozimligini ta’kidlaydi.
Amaliy faoliyat
«Meni o‘zgartirgan suhbat» mavzusida kichik matn tuzing. Unda bobongiz, otangiz yoki boshqa yaqinlaringiz bilan qurgan va sizda taassurot qoldirgan suhbatni bayon qiling.


«Bu kim?» o‘yini
Ikki o‘quvchi doska oldiga chiqib, biri doskaga va ikkinchisi sinfga yuzlanib o‘tiradi. O‘qituvchi doskaga yuzlangan o‘quvchiga oilaning qaysidir a’zosining rolini o‘ynab berishni so‘raydi. Sinfga yuzlangan o‘quvchi pantomima orqali rolga kiradi. Javobni topgan o‘quvchiga rol o‘ynash imkoni beriladi.
Ma’naviyat xazinasidan
Oilaning har bir a’zosi bir-biriga xizmat qilishni ham burch, ham savob deb bilsa, o‘sha xonadonda baxtiyorlik hukmron bo‘ladi.
Konfutsiy
Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin