Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə17/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Abdurauf Fitrat
Mulohaza uchun
ONANING OQILALIGI
Yangi uyga ko‘char ekan, Tomas bolaligi o‘tgan uyning har qarichini oxirgi marta ko‘zdan kechirdi. Xizmatkorlardan o‘ziga qadrdon jihozlarni mashinaga avaylab yuklashlarini iltimos qildi. Bolaligida kiyimlari saqlangan shkafning yuqorisidan onasining qizil g‘ilofli sevimli jomadoni chiqdi.
Tomas uni ehtiyotkorlik bilan stol ustiga qo‘yib, ochdi. Onasiga tegishli buyumlar orasidan chiqqan sarg‘ish qog‘ozni oldi. Maktub ostiga uning muallimasi imzo chekkan ekan.
Bu imzo Tomasga onasi bilan bog‘liq xotirani eslatib yubordi. Tomas birinchi sinfda o‘qir edi. O‘sha kuni u muallimasi bergan xatni onasiga olib kelgan edi. Xatni o‘qiyotib onaizorning qarog‘laridan yosh dumaladi. So‘ng u farzandini bag‘riga oldi.
«Muallimam nima deb yozgan ekanlar?» – qiziqib so‘radi o‘g‘il onasidan.
«U senda favqulodda qobiliyat borligini, bu maktab senga to‘g‘ri kelmasligini, seni iqtidorli bolalar maktabiga o‘tkazishimni so‘rabdi», – deya jilmayib javob berdi volidasi.
Jomadondan topilgan, vaqt o‘tishi bilan biroz unniqqan xatni o‘qiganida Tomas hayratga tushdi.
«Xonim, sizga bularni aytayotganimdan taassufdaman. Lekin o‘g‘lingizda biroz ruhiy xastalik bor. Iltimos, uni ixtisoslashgan maktabga joylashtirsangiz. Hurmat bilan muallima».
Tomasning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U onasidan yana bir bor minnatdor bo‘ldi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Hikoyadagi onaning donoligini ta’riflab bering.
2. Ona haqiqatni farzandidan yashirib to‘g‘ri qilganmi?
3. Tomasning hayoti boshqacha ham bo‘lishi mumkin edimi?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.



Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin