I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. ILMGA UMRINI BAG‘ISHLAGAN ZOT Islom ilmlari bilimdoni sifatida tanilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952-yilning 15-aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan. Maktabni a’lo baholarga tamomlagan. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, shuningdek, Sharq mamlakatlaridagi yirik islom universitetlarida tahsil olgan. U doimo kitob mutoalaa qilgan. Butun umrini yangi manbalarni izlash, ularni o‘rganish va asarlar yozish bilan o‘tkazgan. Olim Islom dini asoslari, tafsir, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf va qator ilmlarga oid ko‘plab asarlar yozgan. Olimning ilmiy merosida olti jildlik «Tafsiri Hilol» asari alohida o‘rin egallaydi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonning birinchi muftiysi bo‘lgan, o‘z asarlari bilan yurtimiz va xorijiy davlatlarda yirik
islomshunos olim sifatida tanilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2015-yilning 10-mart kuni Toshkent shahrida vafot etgan. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi muhtasham majmua bunyod etildi.
Qaysi xususiyatlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga yetuk olim bo‘lishiga xizmat qildi? Ma’naviyat xazinasidan Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham gunoh va beodoblikni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Iymon va axloqi qayerda, qachon va qanday holatda bo‘lsa ham, uni faqat yaxshilikka chorlaydi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Bilasizmi? AL-XORAZMIY – JAHON ILM-FANIDA BURILISH YASAGAN OLIM «…u faqatgina o‘z davrining buyuk matematigi emas, balki butun insoniyat tarixidagi buyuk matematikdir»