Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


pm.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi. meningfikrim.uz



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə11/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

pm.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi.
meningfikrim.uz – Jamoaviy murojaatlar portali.
1. Sarvarbek ishdan bo‘sh vaqtlarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish dasturi doirasidagi «Ona tabiatga qo‘l cho‘z» loyihasida ishtirok etadi. Uning bosh maqsadi – tabiatni himoya qilishdir. Loyiha doirasida u boshqa mamlakatlardagi tabiatsevar insonlar bilan tajriba va fikr almashadi.
2. Qo‘shni hovlida ma’raka bo‘lib qoldi. Qo‘ni-qo‘shnilar darrov chiqib, ko‘cha-hovlilarni supurib-sidirib, odamlar kelishi uchun joy tayyorlay boshladilar. Kimdir uyidan ko‘rpacha olib chiqsa, kimdir stol-stul tashish bilan ovora edi.
3. Qo‘shni xonadonga mehmon keldi. Uyda hech kim bo‘lmaganligi sababli, yon qo‘shni mehmonlarni uyiga olib kirib, dasturxon yozdi va hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.
4. Mahalla fuqarolar yig‘inida urush qatnashchisi Samariddin otaning betobligidan xabar topgan Sarvarbek ko‘cha boshidagi novvoyxonadan non olib, uyidan chiqa olmayotgan otaxonni yo‘qlab kirdi.
5. «Yangi hayot» mahallasining obodligi ko‘zni quvontiradi. Har yili mahallaning uyushqoq aholisi hasher tadbirlarini tashkil etadilar. Mahalladagi ko‘ngillilar jamoasi xayriya va bayram tadbirlarini o‘tkazishga boshqosh.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Befarqlik, dangasalik, loqaydlik kabi illatlar jamiyatda qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?
2. Siz fuqaro sifatida buning oldini olish uchun nimalar qila olasiz?
3. Mahalliy darajadagi faol fuqarolikka mos faoliyatni amalga oshiring.
Uning asosida «Men faol fuqaroman» mavzusida kichik hikoya yozing.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin