Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Lev Tolstoy Odamlarga beminnat yordam qo‘lini cho‘zish – bu dunyoda yashayotga- ning uchun Yaratganga shukronadir. Muhammad Ali, boks ustasi



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə5/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Lev Tolstoy
Odamlarga beminnat yordam qo‘lini cho‘zish – bu dunyoda yashayotga- ning uchun Yaratganga shukronadir.
Muhammad Ali, boks ustasi
Ma’naviyat xazinasidan
Bolaligimda otam bilan sirkka boradigan bo‘ldik. Chipta uchun navbat kutar ekanmiz, bizdan oldinda olti nafar farzandli bir oila turardi. Bolalar xursand ko‘rinar, ular sirk haqida gaplashishardi.
Navbatlari kelgach, oila boshi chipta sotuvchidan narxni so‘radi. U narxni eshitgach biroz o‘ylanib, turmush o‘rtog‘iga pichirlab nimadir dedi. Yuzida bezovtalik alomatlari paydo bo‘ldi.
Shu payt otam cho‘ntagidan pul olib, yerga tashladi va egilib uni oldi-da, haligi kishining kaftiga
qo‘yib, «Pulingiz tushib ketdi», – dedi. U kishi otamga minnatdor boqdi va «Rahmat, aka», – dedi.
Ular kirib ketishgach, otam qo‘limdan tortdi va biz qatordan chiqdik. Savol aralash nigohimga, «Ularni xijolat qilmaylik, biz boshqa kuni kelamiz», – dedi.
O‘shanda otamdan juda faxrlangan edim. Bu holat butun hayotimdagi eng go‘zal manzara bo‘lib qolgan. U o‘sha kuni ko‘rolmaganim – sirkdan ham yaxshiroq edi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Hikoya qahramonining otasi nima sababdan o‘z pulini boshqa birovga berdi?
2. Qaysi xislatlar odamni boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi?
3. Hikoya qahramoni nima sababdan otasi bilan faxrlana boshladi?
4. Nima sababdan o‘sha voqea qahramonning hayotidagi «eng yaxshi» manzara bo‘ldi?
5. Hikoyani qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
6. Hikoyadan nima xulosaga keldingiz?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.


Sana:____________________________

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin