I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Mulohaza uchun Maktabdan qaytayotgan Bahromjon elektr simini uzilib yotganini ko‘rib qoldi. Aylanib o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin bu yerdan o‘tishi mumkin bo‘lgan yosh bolalar va qariyalar ko‘z oldiga keldi-yu, qo‘l telefonidan 1050 – avariya xizmatiga telefon qilib, muammoni aytdi. Muammo tezda bartaraf etildi.
1. Bahromjonning e’tibori mahalla osoyishtaligiga qanday hissa qo‘shadi? 2. O‘ylab ko‘ring-chi, barcha fuqaro faol, e’tiborli bo‘lsa nima bo‘ladi? * * * Faol fuqarolar shaxsiy maqsadlari va qiziqishlari yo‘lida bir-birlari bilan hamkorlik qilishadi. Ular uyushmalar, iste’molchilar kengashlari, klublar va ko‘ngillilar jamoalarini tuzadilar.
Shaxsiy javobgarlik hissiga ega fuqaro jamiyatda faol bo‘lishning ahamiyatini anglaydi. Faol fuqarolar nafaqat jamiyatning rivojlanishi, balki boshqalarning farovonligini ham o‘ylaydilar. Ular atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zadilar, xayr-saxovat ishlarida qatnashadilar. Faol fuqarolik Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi sabab paydo bo‘ladi. Ular mahalliy tuzilma va tashkilotlarda ko‘ngilli sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.
Axborot texnologiyalari asrida faol fuqarolar o‘rtasida yangicha an’ana paydo bo‘ldi – elektron ishtirok. Elektron ishtirok – davlat va jamiyat boshqaruvida Internet orqali ishtirok etishni anglatadi. Quyidagi elektron portallar orqali ham fuqarolarning ariza, taklif yoki shikoyatlari va tashabbuslari qabul qilinadi: