Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə8/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Amaliy faoliyat
1-guruh uchun:
Bola maktabga bordi. Jamoaga qo‘shildi. Onasi uni maktabga kuzatar ekan, sinfdoshlari bilan ahil-inoq bo‘lishini tayinladi. Bola ulg‘aygani sayin, boshqalardan ko‘proq e’tibor va iliq munosabatni kuta boshladi. U odamlar bilan yaxshi muomala qilar, xato qilganda «uzr», «kechirasiz», fikr tug‘ilganda «mumkinmi», «mening fikrimcha», «siz nima deb o‘ylaysiz», «maylimi» kabi so‘zlarni ishlatar edi. Uni sinfdoshlari o‘ta madaniyatli va tartibli bola sifatida qabul qilishdi. Uni hamma hurmat qilar edi. U institutga o‘qishga kirdi. O‘ziga ma’qul bo‘lgan qiz bilan tanishdi. Ular turmush qurishdi. Hayotlaridan mamnun va baxtli edilar.
Yuqoridagi matnda inson uchun zarur qanday ehtiyoj to‘g‘risida gap ketyapti? Bu ehtiyoj insonga nima uchun kerak?


2-guruh uchun:
Bola ulg‘aya boshladi. Kuchli shamol turib, momaqaldiroq gumburladi, chaqmoq chaqdi. Bola darhol otasining pinjiga kirdi. Ota-bola sayrga chiqishdi. Qo‘shni bolaning kuchukchasi bolaga qarab yugurib, u bilan o‘ynamoqchi bo‘ldi. Bola shoshgancha otasiga talpindi. Ota uni ko‘tarib oldi. Bola o‘zini xavfsiz sezdi.
Bolaning nimaga ehtiyoj sezganini aniqlang. Xavfsizlikka intilish hissi qanday paydo bo‘ladi?
Nima uchun inson xavfsizlikka intilib yashaydi? Bu intilishni insonning birlamchi ehtiyojlaridan deyish mumkinmi?
3-guruh uchun:
Ular ishda yaxshi mutaxassis, oilada esa mehribon ota va ona. Ularning oilasida bolalarning ham fikrlari hurmat qilinadi. O‘qishi yoki biror narsa xarid qilishda bolalarning fikrlari albatta so‘raladi. Ular farzandlariga yaxshi tarbiya berishdi. Mahallada ularni «namunali oila» deb e‘tirof etishdi.
Insonning bu ehtiyojlarini qanday tushunish mumkin? Bu ehtiyojlar insonga nima uchun kerak? Bu darajaga yetishish uchun boladan nimalar talab qilinadi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Beshta guruhga bo‘lining va berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. Savollarga javob bering.
2. Insonning ehtiyojlarini pastdan tepaga qarab piramidaga joylashtiring.
3. Bu ehtiyojlarni juda muhim va u qadar muhim bo‘lmagan ehtiyojlarga ajrating. Fikringizni asoslang.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin