TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. «Yaxshi nom» deganda nimani tushunasiz?
2. Hayot mazmuni nimadan iboratligi xususida xulosangiz bormi?
Amaliy faoliyat Quyidagi hikmatlarni to‘ldiring va ma’nosini anglashga harakat qiling: maktab, yaxshilik, oqilona, yomon ish, yaxshi nom, ilm. Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq ...... qoldirmoq katta saodatdir.
Alisher Navoiy Dunyoda yashamoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, boy bo‘lmoq u yoqda tursin, ro‘zg‘or tebratish uchun ham ...... kerak.
Mahmudxo‘ja Behbudiy Hayot yo‘lida birinchi masala – ...... masalasidir.
Abdurauf Fitrat Hurmatga erishish uchun ko‘plab yaxshi ishlar qilish kerak. Lekin birgina ...... undan mahrum qiladi.
Benjamin Franklin ...... qilganlargina bu hayotda yashay oladilar.