Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Sizning yoshingizda kelajak uchun eng yaxshi sarmoya nima?
2. Vaqtni sarmoya sifatida qo‘yish mumkinmi?
3. Sizning tasavvuringizda vaqt nima?
4. Vaqt bizning hayotimizga qanday ta’sir qiladi?
5. Vaqtni yo‘qotayotganingizni his qilasizmi? Qaysi payt?
Mulohaza uchun Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash sirlari Foydali odatlarni rivojlantiring Erta uyg‘oning, yaqinlaringizga vaqt ajrating, sog‘lom ovqatlaning, pulni to‘g‘ri sarflashni o‘rganing, sayr qiling, yangilikka intiling. Yaxshi odatlar taqdiringizga ijobiy ta’sir qiladi.
Tongni jismoniy mashq bilan qarshi oling Natijada tanadagi zararli moddalar chiqib ketadi, quvvatni yo‘naltirish, chidam va bardoshli bo‘lish hamda aqliy-ruhiy holat yaxshilanadi.
Kunni eng muhim vazifalar bilan boshlang Muhim ishlar tanda kuch-g‘ayrat bor vaqtda qilinsa, ishtiyoq qiyin ishlarni ham samarali amalga
oshirish imkonini beradi.
Vazifani to‘g‘ri belgilang Noto‘g‘ri maqsad – nishonni xato olish degani. Maqsad to‘g‘ri belgilansa, behuda vaqt va kuch yo‘qotilmaydi.
Mulohaza uchun Ijtimoiy tarmoqda qimmatga tushgan xatti-harakatlar A. 2012-yil. Gollandiyaning Haren shaharchasida istiqomat qiluvchi 16 yoshli qiz tug‘ilgan kunini nishonlash uchun do‘stlarini uyiga taklif qildi. U «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida taklifnoma tayyorlab, jamoatchilikka tarqatdi. Virtual taklifnoma tarmoqda ommalashib, 100 yoki 1000 kishi emas, naq 30 ming kishiga yetib bordi.
Garchi tug‘ilgan kun tadbiriga tayyorlangan taklifnoma bekor qilinsada, tug‘ilgan kunni nishonlash uchun Harenga 3 ming nafar kishi jam bo‘lgan. Aldanganini sezgan «Facebook» foydalanuvchilari norozilik keltirib chiqardilar. Politsiya aralashuvi bilan tartibsizliklar bartaraf etildi.