Umirov Jasur Amaliy topshiriq. Laboratoriya topshiriq


Laboratoriya uchun zarur eritmalar quyidagicha tayyorlanadi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix06.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#72787
1   2   3   4   5   6   7   8
Umirov Jasur Amaliy topshiriq Odam anatomiyasi 2022-2023

Laboratoriya uchun zarur eritmalar quyidagicha tayyorlanadi: 
 
Eritmaning nomi 
Probirkalar 





Fiziologik eritma(ml) 





Distillangan suv(ml) 





Jami(ml) 
10 
10 
10 
10 
10 
Hosil bo’lgan eritma konsentratsiyasi 
0.1 
0.3 
0.5 0.7 
0.9 
Ishning maqsadi: Qonning osmotik gemolizini hosil qilish va 
gemolizlangan qon bilan gemolizlanmagan qonni bir-biridan ajrata bilishni 
o‘rganishdan iborat. 
Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: Yog‘och shtativ, 8 ta 
probirka, osh tuzining: 0,90; 0,60; 0,55; 0,45; 0,40; 0,35; 0,30; 0,25 % li eritmalari. 
Ishni bajarish tartibi; Buning uchun probirkalarni shtativga joylab, ularning 
har qaysisiga yuqoridagi eritmalardan alohida-alohida 2-3 ml. dan quyib, ustiga 20 
mm
3
. dan fibrinsizlantirilgan qon yoki odam qoni tomiziladi. Probirka engil 
chayqatilib, uy haroratida bir oz saqlanadi. So‘ngra probirkadagi eritmalarning 
rangiga qarab, qaysi probirkada chala va qaysi probirkada to‘la gemoliz sodir 
bo‘lganligi aniqlanadi. Agar eritrotsitlar eritmada yorilmasa, eritma tagiga 
cho‘kadi. Ular osh tuzining 0,45 % li eritmasida minimal, 0,34 % li eritmasida esa 
maksimal 
darajada 
yoriladi. 
Turli 
kasal-liklarda 
(sariq, 
kamqonlikda) 
eritrotsitlarning chidamlilik darajasi o‘zgaradi pasayadi. 
Topshiriq Tajriba tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling. 
1. Osmotik bosim deb nimaga aytiladi? 
2. Gemolizlangan va gemolizlanmagan qon bir-biridan qanday farq qiladi? 
2-Laboratoriya mashg’ulot. 
Gemoliz 
 
Nazariy tushuncha. Eritrotsitlar o‘z atrofidagi suyuqlik kontsentratsiyasining 
o‘zgarishiga chidash xususiyatiga ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir 
tomchi qoni osh tuzining izotonik (0, 9 % li yoki 0,85 % li) eritmasiga solinsa
eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil bo‘ladi, chunki 
eritrotsitlardan eritmaga chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv 
miqdori bir-biriga teng bo‘ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi 
o‘zgarmaydi. Osh tuzining yuqori kontsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa 
eritrotsitlar burishib, hajmi kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o‘zidagi suvni 
eritmaga chiqaradi. Aksincha, konsentratsiyasi kuchsiz bo‘lgan osh tuzi 
(gipotonik) eritmasida eritrotsitlar bo‘rtadi; chunki bunda eritrotsitlar eritmadan 


suv shimadi. Bunday eritmaning kontsentratsiyasi pasaytirib borilsa, eritrotsitlar 
ichiga suv ko‘p kirib, ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning 
kontsentratsiyasi ma'lum darajaga yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular 
asosan osh tuzining 0,45 % li eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida 
butunlay yorilib bo‘ladi. Eritrotsitlar yorilib, tashqariga gemoglobin chiqishi 
gemoliz deyiladi. 
Gemolizni kelib chiqish sabablariga ko’ra quyidagi xillarda farqlanadi;. 
1.Kimyoviy gemoliz(spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir) 
2.Fizik gemoliz 
3.Mexanik gemoliz 
4.Biologik gemoliz 
5.Osmotik gemoliz (osmotik bosimning kamayishi) 
xloroform va efir ta'sir etishi natijasida gemoliz ro‘y beradi. Butunlay 
gemolizlangan qon tiniq qizil rangga kiradi va u lak qon deb ataladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin