Umirov Jasur Amaliy topshiriq Odam anatomiyasi 2022-2023
4-Laboratoriya mashg’ulot. Qon guruhlarini aniqlash. Nazariy tushuncha. Agar odam jarohatlanib, ko‘p qon yo‘qotsa yoki
kasallik tufayli qoni kamayib ketsa, unga qon quyish kerak. Bunda bir kishining
qonini to‘g‘ri kelgan kishiga quyib bo‘lmaydi. Qonni tekshirmasdan, uning
gruppasi va xususiyatlarini aniqlamasdan turib, boshqa kishiga quyilsa, uning
organizmida eritrotsitlar bir-biri bilan yopishib qolib, cho‘kadi va organlar
tomirida qon tutilib, umumiy qon harakatini qiyinlashtiradi. Natijada butun
organ yoki uning bir qismi qonsizlanib, funktsiyasi buziladi. Agar shunday hol
bosh miyada ro‘y bersa, kishini o‘limga olib keladi. Demak, bir kishidan
olingan qonni ikkinchi kishiga quyishdan oldin, albatta, uning xususiyatlari va
gruppasini yaxshilab o‘rganish kerak.
Qon tarkibidagi eritrotsitlar va plazmaning xususiyatiga ko‘ra asosan to‘rt
guruhga
bo‘linadi. Qon plazmada ikki xil agglyutinin ( a va
/3 agglyutinin),
eritrotsitlarda esa ikki xil agglyutinogen (A va V agglyutinogen)
bo‘ladi.Birinchi guruppaga kiradigan qon plazmasida
a va
3 agglyutinin bo‘ladi,
eritrotsitida esa
agglyutinogen bo‘lmaydi. Shuning uchun birinchi gruppa 0 gruppa ham deyiladi.
Ikkinchi gruppaga kiradigan qon plazmasida
p agglyutinin, eritrotsitida esa A agglyutinogen bo‘ladi. Uchinchi gruppaga kiradigan qon plazmasida
a agglyutinin,
eritrotsitida esa V agglyutinogen bo‘ladi. To‘rtinchi gruppaga kiradigan qon
plazmasida agglyutininlar bo‘lmaydi, eritrotsitida esa A va V agglyutinogen
bo‘ladi.
Agar qon quyish vaqtida A agglyutinogen bilan
a agglyutinin yoki V bilan
3 uchrashib qolsa, eritrotsitlar o‘zaro yopishib qolib, cho‘kadi (eritrotsitlarning
yopishishi agglyutinatsiya deyiladi). Qon grupalarida qanday agglyutinin va
agglyutinogen borligini, ular qaysi holatda agglyutinatsiyaga uchrashini 6-
jadvaldan ko‘rish mumkin.
Bu jadvalda agglyutinatsiya reaktsiyasi hosil bo‘lishi «+», hosil bo‘lmasligi
«- » belgilari bilan ko‘rsatilgan.