Umirov Jasur Amaliy topshiriq. Laboratoriya topshiriq



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix06.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#72787
1   2   3   4   5   6   7   8
Umirov Jasur Amaliy topshiriq Odam anatomiyasi 2022-2023

3-Laboratoriya mashg’ulot. 
Eritrotsitlarning cho’kish tezligini aniqlash. Eritrotsitlarning 
osmotik chidamliligini aniqlash 
Nazariy tushuncha. Ivib qolishdan saqlangan qon probirkaga quyib qo‘yilsa, 
qonning yuqori qismi rangsiz tiniq plazma, pastki qismi rangli qizil-shaklli 
elementlar qatlamlariga ajraladi. SOEni aniqlash uchun odatda Panchenkov 
asbobidan foydalaniladi. Bu asbob shtativ va unga o‘rnatilgan kapillyar shisha 
pipetkalardan iborat. Pipetkalar 0 dan 100 gacha darajalarga bo‘lingan. Bundan 
tashqari, ularga “K” (krov') va “R” (reaktiv) belgilari qo‘yilgan. 
Ishdan maqsad: odam qonidagi eritrositlarning cho‘kish tezligini aniqlash. 
Ish uchun kerakli jihozlar: Panchenkov asbobi, soat oynasi, skarifikator, 
natriy sitratning 5% li eritmasi, spirt, efir, paxta tamponlar. 
Ishni bajarish tartibi. Eritrositlarning cho‘kish tezligini aniqlash uchun 
Panchenkov asbobining bitta pipetkasi natriy sitratning 5% li eritmasi bilan 
chayiladi va chayilgan pipetkaning “R” belgisigacha natriy sitrat eritmasidan so‘rib 
olib soat oynasiga tushiriladi. So‘ng IV barmoq uchi skarifikator yoki lanset nina 
bilan teshilib pipetkaning —K” belgisigacha ikki marta qon olinadi va soat 
oynasidagi eritma bilan aralashtiriladi. Keyin qon olingan pipetka hosil qilingan 
aralashmadan “K” belgisigacha to‘latib Panchenkov priborining shtativiga tik 
o‘rnatib qo‘yiladi. Bir soat o‘tkazib eritrositlar necha mm cho‘kkani aniqlanadi. 
Normada E.SN.T erkaklarda 1-10 mm/soat, ayollarda 2-15 mm/soat. Qoni 
tekshirilgan talabatning E.SN.Tsi necha mm/soat ekanini daftarga yozib normadagi 
ko‘rsatkich bilan qiyoslang va xulosa chiqaring. (18-rasm) 


17- 
rasm; Panchenko asbobi. 
Topshiriq: Savollarga javob bering. 
1. ECHT nima u qanday birliklar bilan ifodalanadi ? 
2. ECHT qanday aniqlanadi ? 
3. ECHTni belgilaydigan faktorlarni aytib bering ? 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin