Ummumiy mavzular: N=1


Vodorod, xlor, ammiak, kislorod va azot eng ko’p tarqalgan noorganik sanoat gazlaridir



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə15/38
tarix22.05.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#119925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Tovarlar kimyosi ummumiy mavzular 2-21

Vodorod, xlor, ammiak, kislorod va azot eng ko’p tarqalgan noorganik sanoat gazlaridir.
Sulfat kislota, nitrat kislota, xlorid kislota
Sulfat kislota —kimyo sanoatining eng muxim va eng kup iste`mol etiladigan maxsulotlaridan biridir. U birmuncha arzon kislotalar katoriga kiradi. Ular tarkibidagi begona aralashmalar va konsentrasiyasi bilan bir-biridan fark, qiladi.
Konsentrasiyalangan yoki suvsiz sulfat kislota (monogidrat) tussiz va issiz moysimon suyuklikdan iboratdir. Monogidrat zichligi 1,85 g/sm , qaynash xarorati 296°S, kristallanish xarorati 10°S. Ammo sulfat kislotaning bu xossasi uning konsentra­siyasi o’zgarishiga karab o’zgaradi.
Begona aralashmalar kislotaning rangini sarg’ish yoki qoramtirgacha o’zgartiradi. GOSTga binoan sul`fat kislota past muzlash xarorati, saqlash va tashish qulayligini ta`minlovchi muayyan konsentrasiyada chiqariladi. Suv bilan yaxshi aralashish sulfat kislotaning o’ziga xos xususiyatidir. Chunonchi aralashish jarayonida ko’pdan-ko’p issiqlik chiqadi. 100 foizli sulfat kislotadagi 503 eritmasi oleum deb ataladi. Oleum zichligi 1,9 g/sm rangsiz moysimon suyuqlikdir, xavoda burksib sul`fat kislotadan tuman hosil qiladi.
NITRAT KISLOTA, — kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuklanish t-rasi — 41,59°,kaynash t-rasi 84°, zichligi 1,513 g/sm3. N. k. suv b-n istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi.
Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Nitrat kislota metallmaslarni ham oksidlaydi. Konsentrlangan Nitrat kislota metallar va metallmaslar b-n reaksiyaga kirishganida, albatta azot oksid ajralib chiqadi. Nitrat kislotada oltin, platina, iridiy, radiy va ruteniydan boshka barcha metallar eriydi. Nitrat kislotaga xlorid kislota qoʻshil-sa,zar suvi hosil boʻladi. Nitrat kislotaning barcha tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Nitrat kislota sanoatda ammiakni havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Azotli va murakkaboʻgʻitlar (ammiak selitrasi, kaliyli va kalsiyli selitralar, nitrofoska) i. ch. da, olishda, metallurgiyada va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi. Konsentrlangan Nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatiknitrobirikmalar, boʻyagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bugʻi nafasga tegsa za-harlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan Nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yongʻin chiqadi.
Azot Mendeleyev davriysistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin
Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi.Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi.
Azot oʻsimliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yogʻin-sochin bilan yoki oʻgʻit sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi boʻshliqni toʻldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislota,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin