Ummumiy mavzular: N=1


-modda. Nizolarni hal etish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə11/38
tarix22.05.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#119925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Tovarlar kimyosi ummumiy mavzular 2-21

25-modda. Nizolarni hal etish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
26-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2009-yil 24-apreldagi 82 (4745)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-aprel,
O‘RQ-213-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 211-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
N=4
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARKIBIGA KIRUVCHI NOORGANIK MODDALAR VA ULARNI ANIQLASH USULLARI

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi

  2. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiruvchi makroelementlar va ularni aniqlash usuli

  3. Toksik elementlarni aniqlash usuli

  4. Osh tuzini aniqlash usuli.

  5. Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi

  6. Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibiga suv va mineral moddalar, uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, oqsillar, fermentlar, vitaminlar, organik kislotalar, f тenolli birikmalari, rang, hid beruvchi moddalar va boshkalar kiradi. SHuning uchun ham Озиқ-овқат mahsulotlari shu moddalarning qanday holatda uchrashiga qarab bir-biridan birmuncha farqlanadi.Quyida oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida uchraydigan va inson organizmi uchun zarur bulgan ba’zi bir moddalarni ko‘rib o‘tamiz.

  7. Suv - mavjud tirik organizmlar hayot faoliyatining barcha jarayonlarida ishtirok etadi. Suv miqdori turli oziq-ovqat mahsulotlarida turlichadir. Oziq-ovqat mahsulotlarida suvning miqdori ularning ozuqaviy qiymati,ta’mi va saqlanish muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Suv ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,ularning sifat ko‘rsatgichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

  8. Mineral moddalar- barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tarkibida mavjud. Ular mahsulotlar tarkibida anorganik kislotalarning tuzlari shaklida yoki murakkab organik birikmalarning tarkibiga kirgan holda uchraydi. Ular barcha to‘qima va xujayralar tarkibiga kiradi. Ba’zi bir mineral moddalar esa fermentlar , vitaminlar , garmonlar tarkibiga kirib modda almashinuv jarayonida faol ishtirok etadi .

Bundan tashqari mineral moddalar to‘qimalardan osmotik bosimni kerakli darajada saqlab turadi: suyaklar , tish tarkibiga kirib, ularga zarur mustahkamlik va qattiqlik beradi. Mineral moddalar oqsillar, moylar va uglevodlardan farqli ularoq organizimga energiya bermasada , lekin ularsiz inson hayotini tasavvur etish mumkin emas. Mineral moddalar inson organlarining nafisligi, egiluvchanligini taminlashda, to‘qimalarning shakllanishi va tuzilishida, organizimning tashqi muhit bilan tuz-suv, kislota ishqor kabi moddalar almashinuvida, qon va boshqa suyuqliklarning osmotik bosimi qiymatini muayyan darajada saqlab turishda, fermentativ jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Toksik elementlar. Odatda 8 element: simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mishyak, rux, mis, temir va kalayi toksik element hisoblanadi. Ulardan birinchi 3 tasi katta xavf tug‘diradi.
Simob - kumulyativ (to‘planuvchi) ta’sirga ega bulgan juda toksik zahar, shuning uchun yosh hayvonlarda, qari hayvonlardagiga nisbatan kam, yirtqich hayvonlarda esa ular oziqlanadigan manbalardagiga nisbatan ko‘p mikdordaa mavjud bo‘ladi. Bu xususiyat bilan yirtqich baliqlar masalan simob 0,7 mg/kg gacha to‘planishi mumkin bo‘lgan tupetsga o‘xshash baliqlar ajralib turadi. SHuning uchun yirtqich baliqlarni o vqatga ishlatmagan ma’qul. Boshqa hayvon mahsulotlaridan simob "to‘plovchilar" bo‘lib, hayvonlarning buyragi xisoblanadi va bu erda simob 0,2 mg/kg gacha to‘planishi mumkin. Albatta bu xom mahsulotga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi.
Ko‘rg‘oshin - yuqori toksik zahar ko‘pchilik o‘simlik va hayvon mahsulotlarida uning miqdori 0,5-1,0 mg/kg dan oshmaydi. Qo‘rg‘oshin yirtqich baliqlarda (tunetsda 2,0 mg/kg gacha), chig‘anoqlilar va qisqichbaqa simonlarda (10 mg/kg gacha) ko‘p uchraydi.
Qo‘rg‘oshin miqdorining ko‘payishi asosan, ma’lum mikdordagi qo‘rg‘oshin bilan qopqog‘i va yonlari kavsharlanib tayyorlangan yig‘ma jez idishga joylangan konservalarda kuzatiladi. Afsuski kavsharlash ba’zida sifatsiz bo‘ladi (qo‘rg‘oshin pufakchalari xosil bo‘ladi) va konserva bankalari maxsus lak bilan qoplansa ham, hamma vaqt yordam beravermaydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin