NAZORAT SAVOLLARI. 1. Polimerlar nima?
2. Polimer buyumlarga nimalar kiradi?
3. Monomerlarga nimalar kiradi?
4. Tabiatda uchraydigan polimer moddalar kanday?
5. Sintetik polimer moddalar kanday?
6. Polimerlanish reaksiyasi kanday amalga oshiriladi va bu reaksiya natijasida kanday polimerlar olinadi?
7. Polikondensatsiya reaksiyasi polimerlanish reaksiyasidan kanday fark kiladi?
8. Polietilen smolasi kanday usulda olinadi? Reaksiya tenglamasini yozib kursating.
9. Fenolformaldegid smolasi kanday olinadi va undan kanday maxsulotlar tayyorlanadi?
10. Sopolimerlanish reaksiyasi kanday amalga oshadi?
Tayanch suz va iboralar: sopolimer; sintetik polimer; monomer; polietilen N=3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning holati bo‘lib, bunda insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilmaydigan xavf mavjud bo‘lmaydi;