Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
42._Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari.vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayrasitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi. Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi.Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil vaharakatchan bo‘ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo‘linmagan. Businf amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi. Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburag' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8yadroli bo'ladi.