Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Skrebnilar muhim vakillari, ularning tuzilishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari



Yüklə 82,51 Kb.
səhifə39/50
tarix13.04.2023
ölçüsü82,51 Kb.
#97058
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u

50._Skrebnilar muhim vakillari, ularning tuzilishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Rudolfl XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o’rganib, ularni
bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazltlarning biologiyasini o’rganib, ular
oraliq xo’jayinlar orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I.
Petrochenko akantotsefa-lalaming MDH da uchraydigan turlari, ularning tarqalishi,
rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganib, "Uy va yovvoyi
hayvonlar akantotsefalalari" nomli ikki jildlik monograflyasini yaratdi.
Bu tipga faqat bitta sinf, ya'ni Tikanboshlilar (Acanthocephala) sinfi kiradi.
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon
ko’rinishda bo’lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hirudinaceus) boradi.Gavdast xartum va haqiqiy tanaga bo’linadi. Tanasining oldingi qismida xitinli
ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo’yindan iborat, haqiqiy tana
bo’limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan, Skrebniylarda ovqat hazm
qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko’ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali
difftiziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo’jayini ichagi devoriga yopishish
uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning shakli, katta-kichikligi, soni va
joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo’lib, skrebniylarning sistematikasini hal
qilishda muhim rol o’ynaydi. Xaitumi juda harakatchan bo’lib, tez-tez qiniga kiribchiqib turadi.
51.-Fitogelmintlar. Muhim vakillari, ularning rivojlanish sikllari. Partenogenez.Fitogelmintlar o’simliklarning er usti va er osti qismidagi turli organlarida
parazitlik qilib, zararlangan o’simliklar o’sishdan qoladi, so’liydi, zararlangan
organlarida har xil bo’rtmalar (shishlar) hosil bo’ladi, to’qimalari emirilib, nekrozga
uchraydi.O’zbekistonda fitogelmintolog olimlar olib borgan tadqiqot ishlari natijalari
bo’yicha Respublikamizdagi eng muhim qishloq xo’jaligi ekinlari (g’o’za, kanop,
sabzavot-poliz va mevali bog’ ekinlari, kartoshka poya nematodasi, subtropik
o’simliklari) va mahsuldor hayvonlarning to’yimli oziqasi bo’lmish em-xashak
ekinlari nematodalarining tur tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, zarari
o’rganildi va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilgan
va etilmoqda.O’zbekistonda fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olimlar qatoriga
O’zbekiston Respublikasi FA muxbir a’zosi A.T.To’laganov va professor
E.S.Kiryanovalar kiradi.

Yüklə 82,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin