Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
46._Leishmania tropica o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Tabiatda leyshmaniyalarni yovvoyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939 yil akad. E.N.Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan va unga ko’ra parazitlarni tabiiy o’choqlari to’g’risida ilmiy nazariya yaratgan. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo'ladi, Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica') yuz, qo'l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi (5-rasm). Teri leyshmaniozining qo'zg'atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho'ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o'tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo'rdanomibilanhamma'lum.Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayraichidatashuvchilarining tanasida - xivchinsiz hamda sun'iy usulda o'stirilganda xivchinliko'rinishda yashaydi.Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri debataladi.Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma'lum bir vaqtda, oralab isitma chiqarish bjlan davom etadigan og'ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi.