Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
44._Trypanosoma gambiense o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari anchayaxshi o'rganilgan: 1). Afrika uyqu kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma gambiense; 2). Chagas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi; 3). Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan – Trypanosomarhodesiense vaboshqalar.Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og'ir "uyqu kasalligi" deb atalgan xastalikni qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halokbo'lgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, so'ngra asta-sekinlikbilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlabqolish va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o'z vaqtidadavolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o'tadi. Trypanosoma gambiensini antilopalar qonida ko’plab uchratish mumkin. Bu hayvonni kasallikka chidamli bo’lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni o’zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin. Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon so'ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo'yiga bo'linib, jinssiz ko'payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho’chqa, it va yovvoyi sut emizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G’arbiy Afrikada D.Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D.Bryus o’rgangan. Kasallik odamlarda juda og’ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilarning o’limiga sabab bo’ladi.