Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Bakteriyalarni o‘stirish uchun oziqa tayyorlash



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
fosfor

Bakteriyalarni o‘stirish uchun oziqa tayyorlash
Oziqalar tarkibiga ko‘ra oqsilli, peptonli va sintetik turlarga bo‘linadi. Bu oziqalarning ishqorli yoki kislotali muxiti bakteriyalarning o‘sishida asosiy omil xisoblanadi. Bakteriyalar neytral va kislotali (rN 7,0-7,5) muxitda yahshi o‘sadilar. Oziqa muxitining rN o‘lchash uchun lakmus qog‘ozidan foydalaniladi. Qizil rang kislotali, ko‘k rang ishqorli muxitni ko‘rsatadi. Oziqa muxiti unversal indikator qog‘ozida (rN 1 dan 10 gacha) ham maxsus shkalaga qo‘yib aniqlanadi.
Tayyorlangan oziqalar albatta sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiya muddatlari va miqdori oziqaning tarki-biga bog‘liq. Buning uchun laboratoriya avtoklavlari dan foydalanib, sterelizatsiya muddatlari 20 30 minutdan, 1 soatga qadar davom etadi. Tarkibida glyukoza bo‘lgan oziqalar 112 0 S xaroratda 30 minut 0,5 atmosfera bosi-mida sterilizatsiya qilinsa, tabiiy oziqa muxitlari 1 atmosfera bosim ostida 1 soat sterilizatsiya qilinadi.
Sof holdagi turlarni saqlashga mo‘ljallangan ozuqa muhitlari, idishlar, sterilizatsiya qilingan bo‘lishi shart. Shisha idishlar avtoklavlarda 1 atm bosim ostida 1 soat davomida, yoki quritish shkaflarida 1600S da 2 soat davomida sterilizatsiya qilinadi. Buning uchun ular ustidan qog‘oz bilan o‘ragan bo‘ladi.


3.3. Tadqiqot natijalari.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, tabiatda fosfor, oltingugurt, temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini ahamiti juda katta. Shu sababli ushbu tadqiqot oʻtkazildi va natijada ular xaqida kerakli xulosalarga ega bo‘ldik.
Bakteriyalarni aniqlashda keng qo‘llaniladigan usullardan biri, aniqlanayotgan bakteriyalarni Gramm bo‘yog‘iga bo‘yash yo‘li bilan aniqlashdir. Bu usulni 1884 yil bolalar vrachi Xritian Gramm ishlab chiqqan. Bakteriyalar bo‘yalmaganda rangsiz bo‘ladi. Bakteriyalar bo‘yalganda grammmanfiy turlari binafsha, grammusfat turlari qizil rangda ko‘rinadi.
III. Xulosa
Yerdagi moddalar hamma materiya kabi harakatda bo‘ladi. Bu harakatning tavsifli xususiyati uning davriyligidir. Davr yerdagi moddalarning elementar aylanishini tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Aylanishlarning katta (geologik, abiotik) va kichik (biologik, biogen, biotik) turlari hamda ayrim elementlar va ularning birikmalarini aylanishlariga bo‘linadi. Aylanishni harakatlantiruvchi kuch Quyosh energiyasi va qisman Yerning ichki issiqligi hisoblanadi.
Organik fosforning parchalanishi natijasida fosfot kislota hosil bo‘ladi. Bu kislota tuproqdagi asoslar bilan tez birikadi va odatda qiyin eriydigan, o‘simliklar oziqlanishiuchun kam yaraydigan kalsiy, magniy va temir tuzlariga aylanadi. Bu tuzlarning oziqlik sifati eruvchanligiga bog‘liq bo‘lganligidan ularning erishga yordam beradiga har bir jarayon tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy jarayondeb hisoblanadi
Fosfotlarning erishdi nitrifikasiyalovchi bakteriyalarning ham hissasi katta. Tion va boshqa bir qancha bakteriyalar shunday xususiyatga ega.
Temir bakteriyalari ko‘l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B. V. Perfilev ko‘l cho‘kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphaerothrix deb nomlagan. Keyingi yillarda u kapillyar - mikroskopiya metodidan foydalanib, cho‘kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi - Metallogenium ni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, temir konlari hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Chirituvchi va sulfat redutsirlovchi organizmlarning faoliyati natijasida vodorod sulfid to‘planadi. Shunday usul bilan suv havzalarida, ko‘llarda, dengizlarda N2S to‘planadi. Masalan, Qora dengizda 200metr chuqurlikda shuncha ko‘p mikdorda N2S hosil bo‘ladiki, bu yerda faqat anaerob bakteriyalargina yashay oladi, qolganlari yashay olmaydi.
Tuproqda, suv havzalarida to‘plangan N2S oltingugurt bakteriyalari tomonidan oksidlanadi. Bu bakteriyalarni 1887 yilda Vinogradskiy aniqlagan. Bakteriyalar avvaliga N2S ni S gacha, keyin N2SO4 gacha oksidlaydi
Xulosa qilib aytganda tabitda (tuproqda va suvda) turli xildagi mikroorganizmlar mavjud bo‘lib ular turli xil organik va anorganik birikmalarga ta’sir qiladilar. Bularning faoliyati natijasida shu moddalarda parchalanish, oksidlanishi, qaytarilish sodir bo‘lib, o‘simlik va boshqa tirik mavjudotlar o‘zlashtira oladigan shakllarga aylanadilar. Shu bilan tabiatdagi moddalar almashinuvini muvozanatida saqlashga ham o‘z hissalarini qo‘shadilar.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin