Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

9-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar
tarkibiga bo‘linadi.
Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli
Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
Qo‘shin unvonlari
Kema tarkibidagi unvonlar
I.Oddiy askarlar tarkibi
oddiy askar
matros
II.Serjantlar tarkibi
kichik serjant
III darajali serjant
II darajali serjant
I darajali serjant
katta serjant
starshina
III darajali starshina
II darajali starshina
I darajali starshina
bosh starshina
III.Ofitserlar tarkibi
Kichik ofitserlar tarkibi
leytenant
katta leytenant
kapitan
leytenant
katta leytenant
kapitan-leytenant
Katta ofitserlar tarkibi
mayor
podpolkovnik
polkovnik
III rang kapitani
II rang kapitani
I rang kapitani
Generallar tarkibi
general-mayor
general-leytenant
general-polkovnik
armiya generali
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)


Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi
harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy
xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha
“rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini
pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va
umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda
vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
(9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni
harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga
ko‘ra mahrum etish mumkin.
(9-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan
nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan
taqdirda, sudning yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra
mahrum etish mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘n
birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-
son)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin