Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

10-modda. Harbiy lavozimlar
Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga
muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv
organlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga bo‘linadi.
Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy
xizmatchilarning xizmat joyini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni
o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan,
shuningdek harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari, kafolatlar va
imtiyozlar saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.


(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar
harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy
kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin