II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh 12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni
qamrab oladi:
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;
chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi;
Oldingi tahrirga qarang. oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik;
(12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) jismoniy tayyorgarlik, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari;
umumta’lim tayyorgarligi;
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Chaqiriluvchilarni
harbiy
xizmatga
tayyorlash
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-
moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va
natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan
ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
13-modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Oldingi tahrirga qarang. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim
asoslari bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va
boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari
tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin
qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport
sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom .