yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish
to‘g‘risida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy
xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi,
ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga
asoslanadi.
Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy
xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy
ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini
bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy
komissiyaning va hududiy-tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
(20 va 20 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Dostları ilə paylaş: