Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish munosabati bilan beriladigan kafolatlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

25-modda. Harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish munosabati bilan beriladigan kafolatlar
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan fuqarolarga ishdan bo‘shatish nafaqasi qonunchilikka
muvofiq ish joyida to‘lanadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bog‘liq
vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etiladi, ularning ish (o‘qish)


joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.
Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish
uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib
qoladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar
tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi,
egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u erdan
qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga
yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonunchilikda
belgilangan tartibda to‘lanadi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan
fuqarolarga qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin