Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

IV. HARBIY XIZMATNI O‘TASh
26-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun hamda
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar
(starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh;
Oldingi
 tahrirga qarang.
katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — ellik besh yosh;
(26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y.,
03/20/634/1218-son)
general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun —
oltmish yosh etib belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek
egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining
holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy
xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar
berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan
besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin