Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

27-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun —
harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;


kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi
kontrakt kuchga kirgan kun;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar,
harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun
— tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy
qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi
uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.
Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan
chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:
statsionar davolanishda bo‘lsa;
homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida
bo‘lsa;
asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;
bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga
yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin