436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb
28-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati Oliy harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolar kursant
(tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda bo‘ladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega
bo‘lmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega bo‘lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar.
Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolar
o‘qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. Harbiy-ta’lim muassasisiga
o‘qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang. Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oliy harbiy ta’lim muassasasidan, shuningdek o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim
muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi
yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar,
muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan
kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (bundan
intizomsizligi tufayli va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar mustasno) oddiy askarlar va
serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishi mumkin.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)