Oldingi
tahrirga qarang.
Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy yig‘inlar
tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy
yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari)
bepul borish va qaytib kelish;
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va
sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni davlat tomonidan
majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi
38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga
kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi
qaroriga
va Harbiy xizmatchilar va harbiy
majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy
sug‘urtasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
(29.08.2003y. ro‘yxat № 1266) qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy yig‘inlarni o‘tkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy xizmatga
majburlar soni qonunchilik bilan belgilanadi.
(32-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: